Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Bilaman Bilmoqchiman



Yüklə 497,22 Kb.
səhifə5/72
tarix28.11.2023
ölçüsü497,22 Kb.
#167599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
УМК Maktabgacha ta\'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani

Bilaman

Bilmoqchiman

Biliboldim










Mashg‘ulotmavzusivarejae’lonqilingachtinglovchilardaftarlarigajadvalnichizadilarhamda 1- ustungamavzubо‘yichanimalarnibilishlariniyozadilar. 2- ustungaesamashg‘ulotdavomidanimanibilishnihohlashlariniyozibqо‘yadilar. 3- ustunesamashg‘ulotyakunidatо‘ldiriladivamavzuumumlashtiriladi.







НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ

МАТЕРИАЛЛАРИ



1-MAVZU: Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti jarayoni yaxlit tizim sifatida.
Mavzu rejasi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meyoriy ish xujjatlarining taxlili.
2. Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti yaxlit tizim sifatida.
3. Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fanini o’qitish metodikasi fanining predmeti va maqsadi.
4. Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fanining vazifalari.
Tayanch so’zlar: Pedagogika,metodika, tehnologiya, metod, darslik, taqdimot, tehnik vositalar, proyektor, didaktika, interfaol metodlar.
“Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” magistratura bosqichida o`qitilgan mutахаssislik fаnlаrining o`ziga xos davomi sifatida qaraladi. Mazkur fanni eshitgan har bir magistr o`qitish (ta`lim va tarbiya) nazariyasi va metodikasi bilan bog`liq bo`lgan yangi talablar mazmunidan xabardor bo`lish va kasbiy faoliyatida qo`llashlari nazarda tutiladi. Ta`lim davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan bir sharoitda magistrlarni “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” fanini zamonaviy qirralaridan xabardor qilish mazkur fanning asosiy mazmuni bo`lib hisoblanadi.
Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni o`qitishdan maqsad: “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fanini o`qitishdan maqsad – magistrlarda bo`lajak pedagoglarda kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarga ega qilish. Uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlariga bevosita aloqador bo`lgan uslubiy jihatlardagi yangilik va muammolarni o`rganish. “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fanini va boshqa o`zaro a`loqador fanlarni o`qitish metodikasi doir o`quv materiallar bilan uyg`unlikda o`rgatish. Magistrlarni fan mutaxassisi sifatida shakllantirishda milliylik, tarixiylik, raqobatbardoshlik, zamonaviylik, izchillik, motivatsiya, amaliylik hamda novatorlik kabi sifatlarni ko`zda tutgan holda ta`lim-tarbiya berish. “Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fаnini o`rgаnish nаtijаsidа, bo`lаjаk pedagog o`qitish nаzаriyasi vа аmаliyotining murаkkаb tоmоnlаrini o`rgаnishlаri, ulаrni ko`pginа fаktоrlаrigа bоg`lаshlаri hаmdа o`qitish jаrаyonidа uzluksizligini o`zgаrishini аniqlаb оlishlаri zаrur. Shu аsоsdа ulаr o`rgаnuvchilаr bilаn оlib bоrilаdigаn аmаliy mаshg`ulоtlаr dаvridа vа ilmiy izlаnishlаrdа prоfеssiоnаl pеdаgоgik mаlаkаlаrni egаllаb оlishlаri lоzim.
“Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti” metodikasi fanini o’qitishni asosiy MAQSADI – magistrantlarga fanlar, ularni o’rganish va o’qitish muammolari bo’yicha nazariy va amaliy, tajribaviy izlanishlarni rejalashtira olishni, maxsus adabiyot, me’yoriy hujjatlarni o’rganib, hulosa va tatbiq qila bilishni o’rgatish.
Fanning VAZIFASI :
- Magistrantlarning kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun puxta nazariy asos yaratish;
- Ularda nazariy, hamda amaliy mashg’ulotlarni tashkil qila olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- Bo’lajak magistrlardagi jahon ilmiy axborotlari (jumladan, internet tizimi)dan foydalanish, mutahassislik fanlarini o’qitishda zamonaviy tehnologiyalarni qo’llay olish, ilmiy izlanishda yechimlari emg qulay va soda variantlarni topa bilish va amalga joriy etish qobilyatini rivojlantirish;
- Ularga axborot hurujlari, manaviy tahdidlar va ommaviy madaniyatning zararli oqibatlarini oldini olishda mutaxassislik fanlari yutuqlariga tayanish, ularning ilmiy nazariy, metadologik uslublaridan foydalanish metodlari, usul va vositalarini o’rgatishdan iborat;
Pedagogika (yunoncha “paidagogike bo’lib, paida – bola gogike – yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganuvchi fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asossida tarbiyalash, unga ta’lim berishning muammolarini o’rganadi.
Maktabgacha pedagogika – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash,ularni intelektual, manaviy-ahloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish va ularda ahloqiy fazilatlarini shakllantirish va ularni maktab ta’limiga tayyorlash muammolarini o’rganadi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning 2 muhum jihati – unga ta’lim berish va uni tarbiyalashga asosiy e’tiborini qaratadi. Maktabgacha pedagogika – tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, hulq atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya, aqliy, ahloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy,ekologik va jinsiy tarbiya kabi yunalishlarda tashkil etiladi. Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi. bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta'limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi,bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.

Yüklə 497,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin