Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’qқuv jarayonini bahs munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatinio’ўrgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniқ va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Insert jadvalining tuzilishi va uni to’ldirish qoidasi bilan tanishadilar.
O’qish jarayonida olingan mahlumotlarni individual holda sistemalashtiradilar;
Matnda soyilgan belgilar asosida jadval ustunlarini to’ldiradilar;
V-…. Haqidagi bilimlarga javob beradilar;
«-»-…. Haqqidagi bilimlarga qarama-qarshi;
«+»-…. Yangi mahlumotlar
«?»- tushunarsiz (aniqlashtirish, to’ldirishni talab qiladi)
Insertjadvali:
Ma’lumotlarni sistemalashtirishni (mustaqil o’qish, ma’ruza eshitish jarayonida olingan), uni tasdiqlash, aniqlashtirish yoki rad etish, qabul qilinayotgan ma’lumotning tushunarligini nazorat qilish, avval egallangan ma’lumotni yangisi bilan bog’lash qobiliyatlarini shakllantirishni ta’minlaydi.