Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini kuzatish va tahlil qilish;
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ish tajribasini o‘rganish;
Maxsus maktab o‘quvchilarining tibbiy-pedagogik hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish;
Savol-javob, suhbat, so‘rovnoma, kuzatish;
Tadqiqotning metodologik asosini:O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi», prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev asarlarida olg‘a surilgan ma’naviyat haqidagi g‘oyalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat dasturlari tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning yo‘llari va usullarini ilmiy-nazariy jihatdan ilk bor asoslab berildi;
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning yo‘llari va usullarini o‘rganildi, ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan ochib berildi;
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning yo‘llari va usullari bo‘yicha pedagogik va psixologik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ishning tuzilishi va tarkibi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Ilmiy rahbar: Z.N.Mamarajabova p. f.d., professor Magistratura talabasi: Shoira Shomuratova