Nizomiy nomidagi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix02.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#78265
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
2 5440577043987173933

1-bob uchun xulosa 
1. Mashg’ulot yuklamalarini tashkil qilish va ularni dam olish oralig’i bilan 
almashtirib borishning har bir tartibi jismoniy tarbiya usullari tuzilishining negizi 
bo’lib hisoblanadi. 
2. Yuklamaning tashqi tomoni – bu mashqlarning takrorlash soni, ularning 
davom etish vaqti, tezligi, harakat sur’ati ishlayotgan og’irlik hajmini bildiradi. 
Ichki tomoni esa tana faoliyati imkoniyatlarini jalb etish (tomir urushi, 
o’pkadagi havo sig’imi, qon tomir bosimi va boshqa ko’rsatkichlar bilan 
aniqlanadi. 
3. Jismoniy mashqlar yuklamasining kattaligi tibbiy pedagogik nazorat qilish 
yurak-qon tomir urishidagi ko’rsatkichlarni bilish o’quv mashg’ulotlari jarayoni 
tuzilishi, yuklamalarni me’yorlashda tabaqali yondashish katta ahamiyatga ega 
ekanligi ko’rsatilgan. 
4. Kollejlar jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun jismoniy yuklamalarni 
me’yorlash adabiyotlarda, qo’llanma va ilmiy manbalarda juda kam yoritilgan. 


34 
II-BOB. TADQIQOT ISHINI TASHKEL ETISH VA JISMONIY 
RIVOJLANISHNI ANIQLASH 
1. So’rov varaqalarini o’tkazish 
Ishning kirish qismida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 
quyidagilar ko’rib chiqildi: 
1. 
Mavzu bo’yicha adabiy manbalarni o’rganish. 
2. 
Yuklama va dam olish jismoniy mashqlarni boshqarishning bir-biri 
bilan bog’langan natijali ekanligi. 
3. 
Kollejlarda jismoniy tarbiya darslarida ishlatiladigan uslublarga tavsif. 
4. 
Xulosalar. 
5. 
Adabiyotlar ro’yxati. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi usul va uslublardan 
foydalanildi. 
1. 
Adabiy manbalarni va xukumat qarorlaridan foydalanishish. 
2. 
Pedagogik kuzatish.
3. 
Pedagogik tajriba. 
4. 
Matematik-statistik uslublar. 
Savol-javob varaqasini oliy ma’lumotli 30 dan ko’proq o’qituvchi ishtirok 
etdi. 
Kollej o’quvchilarga jismoniy tarbiya dasturi materiallari ish rejalarini tahlil 
qilishda yuklamani taqsimoti seriyada berish me’yorlari, urinishlari aniqlandi. 
Jismoniy sifatlarini tarbiyalash vosita va uslublari, darslarni kollej o’quvchilarining 
xususiyatlariga mos ravishda olib borish tamoyillari ko’rib chiqildi. 
Jismoniy tarbiya darslarida yuklamalarning shiddati, ichki va tashqi 
o’lchamlarini o’quvchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga va funktsional 
imkoniyatlariga qarab aniqlandi. 
Kollej o’quvchilarining kislorod iste’mol qilish va yurak-qon urishini 
aniqlashda, tsiklik, atsiklik, statik, sport o’yinlari, milliy kurash elementlari va 
harakat uyg’unligini talab qiladigan mashqlardan foydalanildi. 


35 
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida dasturdagi asosiy mashqlarni bajarishda 
yurak-qon tomir urishi, nafas olishi tezligi charchashning tashqi belgilari, 
mashqlarni bajarish texnikasini baholash, mashqlarning davom etishi, seriyalar va 
takrorlashlar oraligidagi dam olish vaqti, urinishlarda va seriyalarda takrorlaganda 
sodir bo’ladigan o’zgarishlar kuzatildi. 
Butun yil davomida o’quv-tarbiya jarayoni kuzatilib, darsning alohida 
qismlaridagi yuklamaning berilishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
holda dasturdagi asosiy mashqlarning, milliy va harakatli o’yinlarning tanlanishi, 
jismoniy yuklama shiddati va davom etishi, mashqlar oraliqlarida dam olish, 
darsga qatnashish, qo’llanilgan uslublar pedagogik kuzatishlar ob’ekti bo’ldi. 
Asosiy e’tibor jismoniy yuklamalar me’yoriga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
uslublari va sog’lomlashtirishga, ta’lim-tarbiya vazifalarini oshirishga qaratildi. 
Kollej 
o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi asosiy antropometrik 
ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlandi: 
1. 
bo’yi, sm.; 
2. 
vazni, kg.; 
3. 
o’ng va chap qo’llarning barmoqlarini kuchi (qo’l dinamometr orqali), 
kg.; 
4. 
o’pkaning tiriklik sig’imi (spirometr orqali), m
3
.; 
O’quvchilarning kuch tayyorgarligini turli-tuman anjomlar: gontel, 
espanderlar, qadoq toshlar, shtanga va uning latoklari, qumli qoplar, shuningdek, 
ular urnini bosuvchi og’ir jismlar yordamida olib borish mumkin. Bundan 
tashqari, har bir darsda o’z tana vazni bilan ham albatta mashqlar bajarish lozim. 
Gantellar bilan bajariladigan mashqlar kichik mushak guruhlar va alohida 
mushaklarni juda yaxshi rivojlantiradi. Kattaroq mushak guruhlarini harakatga jalb 
qiluvchi mashqlarni shtanga va qadoq toshlar bilan samarali bajarish mumkin. 
Shtanga deyarli barcha mushak guruhlarini harakatga keltiruvchi mashqlar: 
ko’krakka va yuqoriga rostlangan qo’llarga ko’tarish va h.k. ni bajarish usul shakl 
va og’irlik jihatidan eng qulay sport anjomidir. 


36 
Darslarda yuklar bilan mashqlarni takrorlash usulida bajarish kerak. 75-80% 
li og’irlik bilan bajariladigan mashqlarda tavsiya etiladigan takrorlar miqdori 4-5 
marta 50-55% li og’irlik bilan bajariladigan mashqlarda esa 7-10 marta. 
Yuklar bilan maksimal natija uchun bajariladigan mashqlarda o’quvchilar 
o’zlarini bir oyda bir marta, oylik mashg’ulot dasturini o’tganlaridan so’ng sinab 
ko’rishlari kerak, bu o’qituvchining kuch tayyorgarligi darajasidagi o’zgarishlarni 
aniqlab olishga imkon beradi. Yangi olingan natijalar maksimal hisoblanib, keyingi 
mashg’ulotlar uchun shu asosda mashq og’irliklari belgilanadi. Maksimal natija 
uchun urunishlarni dars jarayonidagi maxsus ajratilgan vaqtda yoki darsdan 
tashqari vaqtda tashkil etish mumkin. O’z tana og’irligi bilan bajariladigan kuch 
mashqlarini takrorlash usuli bilan ham, “imkon darajasida” usuli bilan ham amalga 
oshirsa bo’ladi. 
Kuch mashqlari bilan shug’ullana boshlangan 1-yarim yillikda “imkon 
darajasida” takrorlashlar ko’pi bilan ikki haftada bir marta bo’ladi. Bu urinishlarni 
mashg’ulotlarning oylik tsiklidagi so’nggi haftada, shuningdek, yangi mashqni 
kiritgan vaqtda o’quvchilarning alohida maksimal darajalarini anqlash uchun 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchi yarim yillikdan boshlab shug’ullanganlik darajasi o’sgani sayin 
o’quvchilar har bir darsda bir martadan biror-bir mashqda “imkon darajasida”gi 
urinishni bajara oladigan bqladi. 
Keyingi faslda aniq misollarda kuch tayyorgarligida yuklamani rejalashtirish 
va taqsimlash masalalari ko’rib chiqiladi. 
Kuch tayyorgarligining yillik dasturi. Jismoniy tarbiya darslarida 
o’quvchilar kuch tayyorgarligining o’quv yiliga mo’ljallangan dasturi ikkita yarim 
yillik tsikldan iborat bo’lib, ulardan birinchisi oktyabrdan dekabrga qadar, 
ikkinchisi fevralning o’rtalaridan maygacha o’tkaziladi. 
Dastur vositalari tarkidiga shtanga bilan bajariladigan eng samarali 
mashqlar, shuningdek, test hisoblangan va harbiy xizmatchilarning jismoniy 
tayyorgarligida keng tarqalgan o’z tana og’irligi bilan amalga oshiriladigan 
mashqlar kiradi. 


37 
Ma’lumotlarga ko’ra kuch tayyorgarligi tsiklining 2-yarim yilligidagi 
mashg’ulotlar boshlanishidan avval nazorat mashqlari natijalari bir oz pasayadi. Bu 
darslarda ta’tillar hamda chang’i uchish tayyorgarligini o’tash oqibatida kuch 
mashqlari bilan muntazam shug’ullanish orasida yuzaga kelagan 1,5 oylik tanaffus 
bo’lganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki mazkur dastur bo’yicha kuch 
tayyorgarligini o’tagan talabalar uni o’tamaganlarga nisbatan “Alpomish” va 
“Barchinoy” majmuasi me’yorlarini topshirishda ancha yuqori natijalar ko’rsata 
oladilar. 
Kuch tayyorgarligi borasida vaqt-vaqti bilan o’quvchilarning o’z tana 
og’irligi bilan mashqlarni imkoniyat darajasida ko’p marataba bajarishga
urinishlarni tashkil etib turish ko’zda tutilgan. Agar mashq va darsga muvofiq 
ustunda maksimal test ko’rsatilgan bo’lsa demak, o’quvchilar bir urinishda 
mashqni maksimal ko’p miqdorda takrorlashi, ya’ni “imkon darajasida” bajarish 
kerak. 
Kuch mashqlarida shtanga og’irligi yoki takrorlashlar sonini darsda 
beriladigan nisbiy jadallik bilan bog’liq ravishda matematik hisob-kitob yo’li bilan 
aniqlash o’quvchilar uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.
O’quvchilar o’z tana og’irliklari bilan bajariladigan mashqlarda har xil 
maksimal ko’rsatkichlarga erishishlari sababli, bir xil nisbiy jadallik berilganiga 
qaramay, mashqlar takrori bo’yicha turli natijalarini ko’rsatadilar. Shunday qilib, 
bajarilgan yuklama hajmi ularda har xil bo’lib chiqadi. 
O’quvchilar dars, hafta, oy, yarim yillik, o’quv yili davomida bajariladigan 
takrorlashlar sonini, shuningdek, yuklamani hisoblab chiqarish uchun o’quv 
guruhining kuch tayyorgarligi rejasida har xil dars uchun aniq raqamlar 
takrorlashlarning o’rtacha ko’rsatish lozim. O’qituvchi uni muayyan guruh 
o’quchilarini dastlabki testlashdan o’tkazib hamda maksimal natijalarning o’rtacha 
kattaliklarini hisoblab topib aniqlashi mumkin. Ulardan foydalangan holda u nisbiy 
jadallikning rejalashtirilgan kattaliklariga qarab rejaga guruhning o’rtacha 
o’quvchisiga mo’ljallangan takrorlashlarning aniq sonini kiritadi. 


38 
Yuklama hajmi kuch mashqlari dars majmualari uchun ajratilgan vaqt bilan 
cheklanganligi sababli II yarim yillikda mashg’ulot samarasiga asosan jadallikni 
oshirish yo’li bilan erishiladi. Bu vaqtga kelib etarli darajada mashqlangan 
o’quvchilar ancha katta og’irlikdagi shtanga bilan shug’ullanadilar va o’z tana 
og’irliklari bilan mashqlarning har bir urinishda ko’p miqdorda takrorlab 
bajaradilar. 
Maksimal natija uchun (yoki “imkon darajasida”) urinishlar endi ancha ko’p 
rejalashtiriladi. Shu tariqa shtanga bilan bajariladigan mashqlarning o’rtacha nisbiy 
jadalligi 10,4%ga o’z tana og’irligi bilan o’tkaziladigan mashqlarda esa 5,9% ga 
oshadi. 
Takrorlashlarning maksimal imkon darajasidagi urinish-larni endi 
o’quvchilar 27 taga ko’proq bajaradilar. Har ikkala yarim yillik tsikl o’xshash 
tarzda qurilgan bo’lib, ularning har biri 3 ta to’rt haftalik tsikldan iborat. 
1-oylik tsikl bundan mustasno bo’lib, unda o’quvchi yuklamaning haftalik 
hajmini oshiradi. Haftalik tsikl uchta dars mashg’ulotidan iborat bo’lib, ularda har 
biri 12 daqiqaga mo’ljallangan 6 ta kuch mashqlaridan iborat majmualar bajarildi. 
Bitta mashqning bajarilishiga 2 daqiqa ajratiladi. 
O’tkazilgan test natijalariga ko’ra mashg’ulotlarni tashkil etishning quyidagi 
tizimini tavsiya etish mumkin: 
1) o’quvchilarning kuch tayyorgarligi darajasiga ko’ra mashqlarini 
bajarilishga sarflangan vaqt, yuklama hajmi va jadalligini aniqlash; 
2) o’quvchilarning maksimal natijalari darajasiga qarab keyingi mashg’ulot 
uchun mashqlarning rejalashtirilgan yuklamasini aniqlash; 
3) o’quvchilarni, masalan, o’z kuch tayyorgarligiga ko’ra taxminan bir xil 6 
ta guruhga bo’lish; ularning har biri o’z bekatida mashqlarni bajaradi. 
Darsni boshlashdan avval o’quvchilarni mashg’ulot rejasi hamda 
bekatlardan o’tish tartibi bilan tanishtirish lozim. 
Kuch mashqlari darsini aylanma mashg’ulot usulida qanday tashkil etish 
mumkinligini yillik dasturning 7-darsi misolida ko’rib chiqamz. 6 ta bekatda 
o’quvchilar muvofiq ravishda 6 ta mashq bajaradilar: 1) siqib ko’tarish, 2) o’tirib 


39 
turish, 3) shtangani ko’krakka ko’tarish, 4) yakkacho’pda tortilish, 5) qo’llarga 
tayanib etgan holda ularni bukib-yorish, 6) yotgan holatdan gavdani ko’tarish. Har 
bir mashq rejalashtirilgan yuklama bilan 2 urinishda bajariladi. 
Mashqlarni bajarish uchun 12-15 daq. har bir bekatga taxminan 2 daq. dan 
beriladi. 
O’quvchilarning guruhlari, ularning ularning har biri taxminan 4 kishidan 
iborat bo’ladi, barcha guruhlar bir vaqtning o’zida mashqlarning bajarishga 
kirishadilar. 1,2,3-bekatlarda o’quvchilar shtanga yoniga galma-galdan keladilar va 
2 urinishni bajaradilar. Shtangani ko’tarish uchun ajratilgan vaqt-15-20 sek., dam 
olish uchun 100 sek beriladi. 
4,5,6-bekatlarda o’quvchilar mashqlarni, agar imkon bo’lsa, bir vaqtda 
bajara oladilar. Bu bekat uchun ajratilgan maydoni o’lchamlariga bog’liq. Har bir 
o’quvchi ikki daqiqa 2 ta urinishni amalga oshiradi. O’z bekatida mashqni bajarib 
bo’lgach guruhlar keyingi bekatga o’tadilar. 
O’qituvchining bo’yrug’i bilan o’quvchilar tomir urish sur’atini o’lchay 
boshlaydilar va ko’rsatkichlarni varaqaga yozadilar, xuddi shunday buyruqdan 
so’ng muolajani tugallaydir. Tomir urishning bevosita bolalarning echinish 
xonasidada o’lchash ham mumkin. 
Kuch mashqlarni aylanma usul bilan bajarganda, agar tomir urishi 220 dan 
shug’ullanuvchining yoshini ayirib chiqarilgan natijaning 70-80% ga teng bo’lsa, 
me’yorda hisoblanadi. 
O’quvchilarning tomir urishini kuch tayyorgarligi jarayonida muntazam 
ravishda o’lchab turish o’qituvchiga shug’ullanuvchilarning organizmining 
funktsional holatidan kelib chiqib yuklamani o’zgartirish va shu tariqa o’zi ishlab 
chiqqan mashg’ulot rejasiga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish imkonini beradi. 


40 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin