Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə102/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Nizomiy nomidagi

Gnatotsefalon – uch segmentdan iborat qisqichbaqasimonlarning boshidagi jag‘ bo‘lmasi.
Gomonomniy segmentlar – morfologik jihatdan o‘xshash segmentlar.
Gonopodiy – bo‘g‘imoyoqlilarning oyog‘idagi shakli o‘zgargan jinsiy organi.
Determinirovanniy rivojlanish – embriogenezning ilk rivojlanish bosqichlarida blastomerni ma’lum qismlaridan organlarni oldindan rivojlanishi.
Detritofag – suv ostidagi parchalanayotgan organik moddalar bilan oziqlanish.
Diplevrula – igna terililarning ikki tomonlama simmetriyali lichinkasi.
Zoea – yuksak qisqichbaqasimonlarning fasetkali ko‘zli, rivojlangan jag‘li ko‘krak oyoqlari shakllangan qorinli lichinkasi.
Zont – xo‘jayin hujayrasiga kiraoladigan sporaviklar taraqqiyotining ertangi stadiyasi.
Zooxlorella – chuchuk suv umurtqasiz hayvonlarning yashil suvo‘tlari (xlorofatlar) bilan simbiozi.
Sariqdon – yassi chuvalchanglarning tuxum hujayrasi oziqlanishi uchun sariq hujayralarni ajratadigan bez.
Jujjalsa – ikki qanotli hasharotlarning o‘zgargan keyingi kichik qanotlari.
Izogamiya – bir xil gametalarni hosil bo‘lishi.
Imago – hasharotlar voyaga yetgan rivojlanish bosqichi.
Immigratsiya – blastoderma hujayralarni blastotsel – bo‘shliqqa tushishi hisobiga gastrulani hosil bo‘lishi.
Invaginatsiya – vegetativ qutbdagi blastoderma hujayralarni ichki blastotsel – bo‘shliq tomon cho‘zilishi hisobiga gastrula shakllanishi.
Karapaks – toshbaqalarning yuqori qismini qoplovchi kutikuladan hosil bo‘lgan himoya qalqoni.
Koksalniy bezlar – o‘rgimchaksimonlarning oyoqlarga ochiladigan buyragi suyuqligi.
Komissura – nerv gangliyalarning ko‘ndalangiga qo‘shilishi.
Konvergensiya – qardosh bo‘lmagan taksonlarning analogik organlar bo‘yicha o‘xshashligi.
Konnektiva – ko‘ndalang nervlar stvollarni yoki gangliylarni uzunasiga qo‘shilishi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin