Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə64/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Nizomiy nomidagi

Kalta dumli sakilar G‘arbiy Braziliya va Sharqiy Peru va Amozonka qir-g‘oqlarida hayot kechiradi. Ularning gavda uzunligi 45 - 48sm, dumi 15 - 18sm. Tanasi mayin tolali uzun paxmoq, ipaksimon yung bilan qoplangan. Yuzi va peshanasi yungsiz. Peshonasi biroz oldinga chiqqan. Chakkalaridagi sochlari va tuklari tekis.
Revun maymunlari Amerikadagi eng yirik maymun hisoblanadi. Uning hajmi katta itdek 5700 - 7400gr, gavda uzunligi 37 - 72sm. Dumi esa 49 - 75 sm. Urg‘ochisi maydaroq. Revunlar daraxtlarda yashaydi, ahyon - ahyonda yerga tushadi, ular daraxtlardan - daraxtlarga sakrab o‘tadi. Ular dumi, oldingi qo‘llari yordamida daraxtlarda osilgan holda bo‘ladilar. Ular dumi bilan daraxt novdalarini ushlab, qo‘llari yordamida mevalarni, barglarini, kurtaklarini, gullarini og‘ziga soladilar. Tana yunglari uzun, har xil rangda. Qo‘llari yungsiz, burun kataklari o‘zaro yaqin. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarli teng. Yunglari qizil - kul rang va boshqa ranglarda. Yil davomida ko‘payadilar. Lekin bitta, ba’zan ikkita bola tug‘adi. 2-3 yoshda jinsiy balog‘atga yetadilar. Erta tongda faol bo‘ladilar. Ularning ovozlari cho‘chqaning xirrilashi yoki yaguarning qichqirishiga o‘xshash bo‘ladi.
Kaputsin maymunlari. Gandurasdan Braziliyagacha bo‘lgan hududlarda tarqalgan. Ular aslida daraxtlarda yashaydilar. Yerga suv ichish uchun tushadilar. Ular meva-lar, hasharotlar bilan oziqlanadilar. Vazni 1100 - 3300gr, gavda uzunligi 32 - 57sm. Urg‘ochisi biroz kichik, dumining uzunligi 29 - 56 sm. Keyingi oyoqlari biroz uzun yoki ular teng. Bashmaldog‘i kuchli rivojlangan. Qoziq tishlari, ayniqsa, erkaklarida yirik. Dumi daraxt shoxlariga ilashuvchi va spiralsimon o‘raladi. Kaputsin so‘zi - kopyushonom g‘ilofli “monax” - rohib degan maʻnoni anglatadi. Kaputsinning oq ko‘krakli qo‘ng‘ir va qora turlari bor.
Saymir yoki olmaxon maymunlar kaputsinlardan o‘zining kichikligi bilan farqlanadilar. Ular olmaxondan yirik bo‘lmaydilar. Yungi kalta, yashil kulrang, qoramtir – ko‘kish, sarg‘ish, gavdaning pastki qismi oq sariq, dumining uchi qora. Quloq yunglari va ko‘z atrofidagi yunglari oqish, tumshug‘i qora, dumi ilashuvchi emas. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga qaraganda uzun. Erkagi urg‘ochisiga nisbatan yirik bo‘ladi. Qoziq tishlari kaputsinlarga qaraganda kichik. Boshining orqa qismi cho‘zinchoq. Olmaxon maymunlar Janubiy Amerikaning Shimoliy qismida yashaydi. Ular 100 va undan ortiq to‘da bo‘lib, yashaydilar. Daryo atrofida, daraxt shoxlarida va yerda tez harakat qiladi. Ular bir – biriga qisilib uxlaydilar. Homila vaqti 168-180kun. Bolasini oldin qorin tomonida, keyin yelkasida olib yuradi. Saymurlar mevalar, hasharotlar, baqalar, mayda qushlar bilan oziqlanadilar.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin