Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə66/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Nizomiy nomidagi

a) Oddiy martishka: 3 - 6kg. Dumi 55 - 100sm. Gavda uzunligi esa 40 - 65sm atrofida bo‘ladi. Yungi qalin, yumshoq va qisqa. Rangi yashil, sariq, qora bo‘ladi. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda qisqa, barmoqlari uzun, bashmoldoq yaxshi rivojlangan.
Martishkalar seryomg‘ir va tog‘li rayonlarda, dengiz sathidan 3000 m balandliklarda yashaydilar. Yerda tez harakatchan, chopadigan maymun. Daraxtda uxlaydi, barglar, novdalar va mevalar bilan oziqlanadi. Ekinzorlardan ham foydalanishadi. 40-50ta bo‘lib yashaydilar. Ovqatlanganda 10 - 15ta bo‘ladilar. Homiladorligi 180 -213 kun. Bolasini 6 oygacha emizadi. Sut bezlari bir - biriga yaqin, yetti kun ichida bolasi yura boshlaydi, 6 oyda mustaqil yashaydi.
Yashil martishka ko‘pchilikka tanish. Ular zooparklarda ko‘proq bo‘ladi. Tibbiyotda undan foydalaniladi.Yashil martishka Habashistonda dengiz sathidan 1000 - 2000m baland joylarda yashaydi. Ularning gavda hajmi itdek. Yungi sarg‘ish-yashil, gavdasi pastki tomondan oqish erkaklari hukmronlik qilmaydi. U ko‘proq qo‘riqchilik vazifasini o‘taydi.
b) Mitti martishka kenja avlodiga kiruvchilarning gavda og‘irligi 1300gr, dumi 35-37 sm. Urg‘ochisi erkagiga nisbatan biroz kichik.
5) Oddiy nozik gavdali maymunlar avlodi: Hindi-Malay 3600m balandlikda Hindiston, Seylon, Hindi - Xitoy va Malakko, Kalimantan oroli yaqinida uchraydi.
Ularning boshi yumaloq, tumshug‘i qisqa, uzun. Oyoq panjalari uzun, bashmaldog‘i kalta va boshqa barmoqlariga qarama - qarshi, dumi 50 - 110 sm. Gavda uzunligi 41 - 78 sm, 4 - 20kg atrofida. 3 bo‘limdan tashkil topgan tomoq xaltachasi bor. Qoziq tishlar erkaklarida yirik, urg‘ochilarida kichikroq.
6) Gil nozik gavdali martishkalar avlodining eng yirik vakillaridir. Qosh usti sochlari oldinga dikkayib chiqqan boshining tepa qismidan orqa tomonga o‘sadi. Bolalarida yunglari qoramtir – qo‘ng‘ir, kattalarida esa kulrang sarg‘ish, soqoli qisqa, sarg‘ish, ko‘p vaqtini yerda o‘tkazadi. Shahar va qishloqlarda uchraydi va muqaddas maymunlar deb hisoblanadilar. Daraxtlarda, yerda tez harakatlanadilar. 25-30 tadan bo‘lib yashaydilar. Erkaklari bir xil yoshli to‘da yoki har xil yoshli to‘dalardan iborat. Urg‘ochilari 4 yilda balog‘atga yetadi. Erkaklari 6 - 7 yoshda jismonan yetiladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin