Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə68/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Nizomiy nomidagi

Odamsimon primatlar katta oilasi ikkita oilaga bo‘linadi. Bu katta oilaga odamsimon maymunlar yoki antropidlar (gibbonlar, orangutantlar, gorillalar, shinpanzelar va odamlar) kiradi.
Odamsimon maymunlar bosh miyasining katta bo‘lishi, unda egatlar burma-burma bo‘lib joylashishi bilan tavsiflanadi. Gibbonlarning bosh miya hajmi 100 -150 sm3, yirik odamsimon maymunlarda 350 – 600 sm3. Yuz qismi oldinga chiqqan gorilla va orangutanlarning kalla suyagida qo‘ng‘irador suyakchalar bor.
Orangutanda 12 juft boshqa maymunlarda 13 juft qovurg‘alar rivojlangan. Qo‘llari oyoqlariga nisbatan uzun. Quymich so‘gallari bo‘lmaydi, faqat gibbonlarda quymich so‘gallari bor. Ko‘r ichagining chuvalchangsimon o‘simtasi (apendiksi) yaxshi rivojlangan 20 - 25 sm. Odamlarga o‘xshash to‘rtta qon guruhi bor. Hozirgi antropoidlarning ko‘p vakillari “Qizil kitobga” kiritilgan.
1) Gibbonlar oilasi: 2ta avloddan, ya’ni haqiqiy gibbonlar va barmoqlari birlashgan gibbonlar avlodlaridan iborat.
Bularning oyoqlaridagi ikkinchi va uchinchi barmoqlari teri pardasi bilan birlashib ketgan. Haqiqiy Gibbonlar oilasi 6 ta tur, 15 ta kenja turni o‘z ichiga oladi. Gibbonlar Janubiy Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Ularning og‘irligi 4 - 8kg. Gavdasining uzunligi 42 - 64 sm. Ularda dum yo‘q. Afti, qo‘l - oyoqlarining kaftlari yungsiz, oldingi oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda anchagina uzunroq. Barmoqlarining uzunligi kaft uzunligiga qaraganda biroz uzun. Boshmaldog‘i uzun, ingichka, yon tomonga qisman egiladi, yungi uzun, qalin, qora rangdan tortib to to‘q – qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi. Yung rangi yoshga qarab o‘zgaradi. Hindi - Xitoy, Tayland, Sumatra yarim orolida qo‘li oq Gibbon tarqalgan. Chunki uning barmoqlari, kafti, tovoni oqish, gavdaning boshqa qismlaridan keskin rang bo‘yicha farq qiladi. Sumatrada qora qo‘lli yoki tez yuruvchi gibbon tarqalgan. Uning hamma gavdasi, qo‘li qora rangda, faqat peshonasida oq rang bo‘ladi.
Kumushsimon gibbonlar turi esa Yava, Kalimantan orollarida yashaydi. Yungi qora rangdan boshlab, kumushsimon kulranggacha bo‘ladi.
Gibbonlar yomg‘irli tropik o‘rmonlarda va tog‘li tumanlarda (2000m balandlikda ) yashaydilar. Ular daraxtlarda yashab, unda tez harakatlanadilar. Daraxtlarda yurganda, ular qo‘llarini galma-gal ishlatadilar. Ular alohida - alohida yoki 2- 6 tadan individ bo‘lib, 35m2 hududda yashaydilar. Joy talashganda ular o‘zaro urushmasalar ham faqat bir-birlarini aft-angorlari bilan qo‘rqitadilar. Ular ninachilar, chumolilar, pishgan mevalar, barglar, yosh novdalar bilan oziqlanadilar. Banan, yong‘oqlar bilan ham oziqlanadilar. Ular barmoqlari, tishlari yordamida mevalarning po‘chog‘ini artadilar. Qari gibbonlarni oila aʻzolari boqadilar. Unga ovqat keltirib beradilar.
Homiladorlik vaqti 210 kun. Har ikki , uch yilda 1ta tug‘adi. Gibbon tug‘ilganda, uning tanasi yungsiz yalang‘och bo‘ladi. Keyin yungi chiqadi. Ikki yilgacha uni oilasi boqadi. 7-10 yoshda balog‘atga yetadi. Sumatrada va Marakko yarim orollarida oyoq barmoqlarining ikkinchi va uchinchilari o‘zaro parda bilan birlashgan turi yashaydi. Uning gavdasi birmuncha yirik 9 - 13kg bo‘ladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin