Noan`anaviy dars shakllari


Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish



Yüklə 134 Kb.
səhifə6/16
tarix22.05.2023
ölçüsü134 Kb.
#119539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
AN\'ANAVIY VA NOAN\'ANAVIY DARSLAR

Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish

Mustaqil ish bajarilgach, mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida navbat bilan quyidagi she`riy parchani o’qiydilar, ko’rsatish olmoshlarini aytadilar.
Shu yuksak tog` bag`rida baxmal qir,
Mening tug`ilib o’sgan asl Vatanim.
Etagida uqa kabi oqar Sir,
Shu vodiyda quyoshdan kuydi tanim.
Tizzang tolmay chiqa olsang yuksakka
Ko’rsataman barmoq bilan hammani
Hur oq emi qirq yil ekdim dahyakka.
Anov erga qurib olib chaylani.
Mashq ishlangach, o’quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. Bunda o’quvchilarga tarkibida bu, shu, o’sha, ana shu olmoshlari bo’lgan to’rtta gap yozish aytiladi. O’quvchilar o’qituvchining bu topshirig`ini bajaradilar, ikki –uch o’quvchi o’zi tuzgan gaplarni o’qib, olmoshlarni aytadi.
Namuna:
1. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 2. Shu paytda Toshxon derazadan allanimani ko’rdi. 3. Ana shunday taqdir bir cho’lda mana shu bog` barpo etildi.
Ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun ”Sevimli shoirimiz” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.
Sevimli shoirimiz (9.q.ad)
Respublikamizda Hamza Hakimzoda nomini eshitmagan biror kishi bormi? Uning o`lmas asarlarini sevib o`qimagan o`quvchi topiladimi? Hamza Hakimzoda xalqimizning mashhur shoiri dramaturgi va kompozitoridir. U o`zining otashin asarlari bilan keng kitobxonlar orasida tanilgan. Hamza Hakimzodaning bolalarga atab yozgan she`rlaridan qaysilarini bilasiz? Uning “O`qi”, “Kitob”, “Qalam”, “Ilm ista”, “To`g`ri so`z bola” she`rlari shunday asarlar jumlasidandir. Bu she`rlarida Hamza Hakimzoda yosh avlodni ilm olihsga, rostgo`y va odobli bo`lishga chaqiradi. Hamza o`z hayoti va ijodi yoshlarni vatanni sevishga, xalq dushmanlariga qarshi kurashga chaqirdi. O’zbek xalq shoiri Hamzaning asarlari mustaqil O`zbekistonning rivojiga munosib xizmat qilmoqda.
O`qituvchi “Sevimli shoirimiz” matnini o`quvchilarga o`qitadi, so`ngra ulardan matn mazmunini so`zlab berishni talab etadi. Ikki o`quvchi matn mazmunini gapirgandan so`ng o`qituvchi o`quvchilarni bayon yozishga da`vat etadi. O`quvchilar bayonni yozgach matndagi olmoshlarni aniqlaydilar, tagiga chizib, ustiga olmosh turlarini yozadilar. Ish tugagach, ikki o`quvchining bayoni o`qish orqali tekshiriladi. O’quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-maktabning 4-sinf o’quvchisi Yulduz Beyleyevaning bayoni.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin