AN'ANAVIY VA NOAN'ANAVIY DARSLAR
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………. 2
I BOB. AN'ANAVIY VA NOAN'ANAVIY DARS TURLARI………… 3
An`anaviy va noan`anaviy dars shakllari……………………………. 3
Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish …………………………………………………………….….. 11
II BOB……………………………………………………………………. 17
2.1. Noan`anaviy darslarning samaradorlik jihatlari……………………… 17
Noan`anaviy darslar ko`rinishlari Baxs-munozara darslarini tashkil etish.. Teatrlashtirilgan darslarni tashkil etish metodiksi (Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar mavzusi msiolida)……………………………. 24
XULOSA…………………………………………………………………. 29
ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………... 30
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, «Adabiyot » darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ish olib boramiz.
Kurs ishining maqsad va vazifalari Dars o‘tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o‘z vaqtida va o‘rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «Uyin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: |