Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-ilova “CHalkashlikni aniqlang” didaktik o‘yini



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə201/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   318
5-ilova

CHalkashlikni aniqlang” didaktik o‘yini




O‘yinni o‘tkazish tartibi:

  1. O‘qituvchi doskaga yoki proektor orqali dars turlaridan birining tuzilishini yozadi. Darsning tuzilish o‘rnini almashtirish yoki boshqa dars turiga xos belgini yozish orqali chalkashlikkka yo‘l qo‘Yadi.

  2. Talabalar dars turi bilan tanishidilar va uning tuzilishida yo‘l qo‘yilgan xatolikni topadilar.


1) aralash dars:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash;
v) o‘quvchilarni baholash;
g) Yangi mavzuni bayon qilish;
d) uy vazifasi.


2) Yangi bilimlarni bayon qilish darsi:
a) Yangi mavzuni bayon qilish;
b) o‘rganilganlarini mustahkamlash;
v) o‘quvchilarni baholash;
g) uy vazifasi.


3) o‘rganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘quvchilarni baholash;
v) uy vazifasi.


4) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarini takrorlash;
v) o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish va baholash;
g) uy vazifasi.


6-ilova


Kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan an’anaviy va noan’anaviy dars turlarini tashkil etishga doir amaliy topshiriqlar

1-topshiriq. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash asosida aralash darsni ko‘rsatib berish.


1-guruh darsning tashkiliy qismi va o‘tilgan mavzuni takrorlashni ko‘rsatib beradi;
2-guruh: Yangi o‘quv materialini bayon qilish tartibini tuShuntirib beradi;
3-guruh: o‘rganilganini mustahkamlash, o‘quvchilarni baholash va uy vazifasi berishni amalga oshiradi.

Mazkur topshiriqni bajarishda o‘qituvchi zig-zag metodiga asoslanadi. YA’ni har bir kichik guruh o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lgach, bir-birlari bilan o‘zaro almashinuv asosida o‘tkaziladigan dars haqida Yaxlit tasavvur hosil qilinadi. Talabalarda o‘tkaziladigan dars haqida Yaxlit tasavvur hosil bo‘lgach, kichik guruhlar navbati bilan o‘zlariga berilgan vazifalarning taqdimotini o‘tkazishadi.


Topshiriqni bajarish oldidan guruh bilan kelishilgan holda, mutaxassislik bilan bog‘liq biror mavzuni tanlab olish maqsadga muvofiq.

2-topshiriq. Kichik guruhlarda nostandart darslardan lavha ko‘rsatish.


1-guruh uchun: konferensiYa darsini o‘tkazilishini ko‘rsatib berish.
2-guruh uchun: musobaqa turidagi darsni tashkil etish.
3-guruh uchun: o‘yin tipidagi dasrni namoyish etish.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin