Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


«Bolalarni tushunish katta mahorat talab qiladi!»



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə249/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318
«Bolalarni tushunish katta mahorat talab qiladi!»
Masala 23. Mustaqillik bayrami munosabati bilan ikkinchi sinf o‘qituvchisi Ra’noxon o‘quvchilarga yodlash uchun she’r bo‘lib berayotgan edi. Bobir bilan Bahrom militsioner haqidagi she’rga talashib qolishdi. Ra’noxon qancha izlamasin militsionerlar haqida boshqa she’r topa olmadi.
O‘qituvchi vaziYatdan qanday chiqishi kerak?
A) biriga she’rni yodlashga berib, ikkinchisiga she’r aytilayotganda militsionerning safda yurishini mashq qilib berishini topshirishi kerak;
B) biriga she’rni yodlashga berib, ikkinchisiga majburiy ravishda boshqa she’rni yodlashga berishi kerak;
V) bolaning ko‘ngli nozik. Ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini, o‘qituvchiga bo‘lgan mehrlarini so‘ndirmaslik uchun ularning ikkalasiga ham boshqa o‘zlariga yoqadigan she’rni yodlashga berishi yoki militsionerlar haqidagi she’rni ikkalasiga ham yodlashga berishi va birgalikda aytib berishlarini topshirishi kerak.
«Tarbiyadagi kichkina xato keyinchalik katta jinoYatga olib borishi mumkin!»
Masala 24. Kunlardan bir kun Botir o‘ynab yurganida qo‘shnisining tovug‘i ularning pichanxonasiga tuxum qo‘yib yurganligini bilib qoldi. YUgurib borib yig‘ilib qolgan tuxumlarni oldi-da, oyisiga olib borib ko‘rsatdi. Oyisi: Mayli, qo‘Yaver, qo‘shnimiz bilib o‘tiribdimi tovuqlarining qaerga tuhum qo‘yib yurganligini. qaytanga Yaxshi bo‘pti. Bilib qolgunlaricha har kuni o‘zinga bittadan pishirib beraman, - debdi. Shu ko‘yi Botir har kuni tovuqni poylaydigan, tuxumlarini oyisiga olib kelib beradigan bo‘ldi. Ona Shu tarzda Botirning bundan boshqa ham mayda-chuyda «toparmanligi»ga e’tibor bermay, aksincha buni rag‘batlantiradigan bo‘ldi. Natijada yillar o‘tib, Botir kunlarning birida katta «ish»ga qo‘l urdi va jinoYat kursisiga o‘tirdi.
Ona farzandining dastlabki «yoshlik qoqilishi»ga nisbatan qanday yo‘l tutishi kerak edi?
A) qo‘shnisidan kechirim so‘rab, farzandi olib kelgan tuxumlarni olib borib berishi va voqeani tuShuntirishi kerak edi;
B) Farzandiga: mayli olgan tuxumlaringning Yarmini qoldirib, qolganlarini qo‘shnimizga olib chiqib bergin-da, voqeani tuShuntir. Lekin bundan buyon bunday ish qilmagin, - deyishi kerak edi;
V) Farzandiga quyidagilarni o‘qdirish kerak: Olgan tuxumlaringni darov qo‘shnimizga olib borib ber. Bu qilgan ishing Yaxshi emas. Ular ham tovuqlariga don berib, suv berib, senga o‘xshagan bolalarini boqib, katta qilaman, deb yurishibdi. Ikkinchidan birovning ignaday bo‘lsa ham narsasini o‘zlariga bildirmay olish – o‘g‘irlik bo‘ladi. Birovning o‘zlariga kerak yoki kerak emas narsasini so‘rab olish esa, tilanchilik bo‘ladi. har bir narsani o‘zing mehnat qilib topishing kerak. Ana o‘shanda u shirin va qadrli, beminnat bo‘ladi. O‘zing esa mehnatga o‘rganasan. Mehnat insonni ko‘klarga ko‘taradi, o‘g‘irlik esa botqoqqa botiradi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin