4. Madaniy jismoniy piyoda yurishlar va sayr qilishlar. Bunday mashqlarga odatda havoning ochiq kunlari va darsdan tashqari vaqtlar tanlanadi. Jismoniy yayov yurishlar asosidagi sayrlarda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi:
Uni to’g’ri uyushtirishni rejalashtirish lozim;
Sayr dasturi mukammal ishlab chiqilmog’i lozim;
Sayr harakat rejasi oldindan aniqlanib, ma’qullanib olmog’i lozim;
O’quv yurti rahbariyati va ota – onalar bunday jismoniy harakatlar majmuidan xabardor bo’lmog’i lozim;
Ushbu harakatlar majmuini amalga oshirish muddatini bir kundan oshirmaslik lozim;
Sayr qatnashchilarining xavfsizligi va salomatligiga mutasaddilar oldindan belgilanishi lozim va Shu kabilar.
5. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tarbiya. Bunday turdagi jismoniy tarbiya sport turlariga mos holda tanlanadi va ular yilning fasllarini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiya o’quv dasturining mazmuniga mos bo’ladi.
6. Sport musobaqalari. Bu ta’lim oluvchilarning muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan Shug’ullaniShini e’tiborga olinishini nazarda tutiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarini tuzishga keng imkoniyatlar yaratadi va ular bolalar jamoalarini yanada jipslashtiradi. Bu borada Respublikamizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktab o’quvchilari uchun “Umid nihollari”, o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun “Barkamol avlod”, Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Universiada” va Shu kabi Respublika miqyosidagi sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarimizning ham jismonan, ham aqlan barkamol bo’lishiga yurtimizdagi katta e’tibordir.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning bundan boshqa yo’llarini ham amalga oshirish mumkin va ularning barchasining mazmun – mohiyati yoshlarimizning ma’naviy jihatdan yetuk, jismoniy jihatdan baquvvat bo’lishligidan iborat bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, sog’lomlashtirish guruhlari ishini olib borishda jismoniy tarbiyaning mos turlarini tanlash o’ta muhim bo’lib, kishi salomatligini ta’minlash garovidir.
Jismoniy tarbiya vositalarini Shartli ravishda uchta yo’nalishga ajratiladi.
Ular:
Sanitariya – gigiyena omillari;
Tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlar;
Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar tizimi.
Endi har bir yo’nalish bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.