Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə150/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   318
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Pedagog
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik



4-ilova
Kasb”, “mutaxassislik” va “pedagog” tuShunchalari
Kasb – Shaxsga qo‘yiladigan ma’ulm bir talablar bilan tavsiflanuvchi mehnat faoliyatining alohida turi.
Mutaxassislik – biror kasb doirasidagi, ta’lim natijasida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini tavsif etuvchi hamda ularning qo‘yilishi va o‘zlashtirayotgan malakasiga muvofiq muayyahi kasbiy-pedagogik vazifalarni hal etilishini ta’minlovchi faoliyat turi.
Pedagog – ta’limiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan Shug‘ullanuvchi Shaxsga nisabatan qo‘llaniladigan umumiy tuShuncha.


5-ilova







Қобилиятлар
1. Дидактик (ўқув).
2. Гностик (билишга доир).
3. Конструктив-ташкилотчилик.
4. Эмоционаллик, очиқлик.
5. Коммуникати.
6. Суггестив.
7. Тадқиқотчилик.
8. Креатив (ижодий).
9. Касбий ривожланишга қобилиятлилик.
10. Тезкорлик.
11. Ўз-ўзини ривожлантиришга қобилиялилик.
12. Эмпатияга қобилиятлилик.
13. Нотиқлик.



Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk bo‘lishlariga alohida ahamiYat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, Yaxshi o‘qituvchi boshqalardan Shu jihati bilan farq qiladi: o‘zi ega bo‘lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o‘rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo‘la oladi.




Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida o‘qituvchi bolalarga ta’lim berishdek mas’uliYatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiYatga erishish garovi bo‘lgan quyidagi tavsiYalarni beradi: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish; berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish; ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish; talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliYati, Shaxsiy xususiYatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi; berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; bilimlarni talabalarga tuShunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish; har bir so‘zning boalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo‘lishiga erishish.




Alisher Navoiy o‘z davrining ayrim maktabdorlari ega bo‘lgan sifatlar, xususan, qattiqqo‘llik, ta’magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo‘Yadi. Xususan, “mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa. ... YAramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.
Ayni o‘rinda o‘qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o‘tadi: “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima etsin.
Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.




Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin