“FunksiYa” tuShunchasi “ta’lim vazifalari” tuShunchasiga Yaqindir. Ta’lim funksiYasi ta’lim jarayoni mohiyatni ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiYasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funksiYasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiYat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funksiYasi ta’lim jarayonida, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, Shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim Shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o‘qituvchi va o‘quvchining Shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o‘zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiYasi Yanada samaraliroqdir. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiYati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham Yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash funksiYasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyat bilan belgilanadi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi o‘rin tutadi.
5-ilova
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da, tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
1) rejalashtirish;
2) tashkil etish;
3) boshqarish (rag‘batlantirish);
4) nazorat;
5) natijalarni baholash va tahlil qilish.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati:
1. Bilim olish.
2. O‘quv harakatlari.
3. Idrok etish va anglab etish.
4. O‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash va tahlil etish.