5-ilova Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiYatlari:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
Yaxlitligi;
variativligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik.
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiYatlari, ikkinchi tomondan, Shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar.
Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
tarbiyaning Shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
faoliyat va munosabatni e’tirof etish Shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi (G.I. Щukina);
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish (G.I. Щukina).
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
maqsadga qaratilganligi va g‘oYaviy yo‘nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlaShuvi;
tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‘liqligi;
tarbiyaga Yaxlit(kompleks) yondaShuv;
jamoada tarbiyalash va jamoaga suYanib ish ko‘rish;
Shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‘shib olib borish;
o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;
tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;