Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə303/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   318
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim - jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, Shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada ta’lim olish, Shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.


Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyahi bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.


Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos» - bola, etaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyahi jamiyatda Yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyat va muammolarini o‘rganadigan fan.

Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyahi tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – Shaxsni tarbiyalash, unga muayyahi yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyat, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.

Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.


Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami; ta’limning konseptual modeli.


Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin