Litsey (kollejda) ma’ruza – o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyiha ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) - o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini Yaratish.
LogopediYa (yunoncha «logos» – so‘z, nazariYa, ta’limot, «paideia» -tarbiyalash) - nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiYa)ning muhim sohasi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriYat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
MadaniYat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni)– ta’lim jarayonida Shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi –maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabdan tashqari ta’lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, Yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.