Ijtimoiy reabilitatsiYa (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliYatini tiklash) - anomal bolaning psixofiziologik imkoniYatlariga taYangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit Yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash(tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Ilmiy tafakkur –inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondaShuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oYa, tasavvur, tuShunchalar yig‘indisi) - muayyahi hodisa, jarayonning mohiyatni yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oYa.
Individ (lotincha “individium” bo‘linmas, Yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik - Shaxsning o‘ziga xos xususiYatlari.
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.