Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni.
Boshlang‘ich ta’lim- o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda Shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi –boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiYatlarini tadqiq etish, Shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - Shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) etkazib berish, ifoda etish.
GnoseologiYa (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o‘rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiYatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, Shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliYati haqidagi nazariYa, ta’limot.
Davlat ramzlari - muayyahi millat, elatning etnopsixologik xususiYatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oYaviy birlik mohiyatni anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmui.
Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani bo‘yicha ta’limning Yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, Shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablar.