O‘z-o‘zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z Shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari - o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullar.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish - o‘z Shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash – Shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni.
O‘zlashtirish –ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq Shaxs tomonidan muayyahi xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi Shaxs.
O‘qish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish jarayoni; o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga yo‘naltirilgan faoliyat.
O‘quv dasturi – muayyahi o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O‘quv rejasi –ta’lim muassasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi, ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o‘quv soatlari, Shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat.
O‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniYatlariga muvofiq ularga muayyahi fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba.