Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi - yer maydonlari, tabiiy resurslarni qazib olish maydonlari va ushbu maydonlar haqidagi geologik va boshqa axborotlarga egalik qilish huquqidir.
Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish - bu ishlab chiqarilgan buyumning shakli, namunasi yoki bezaklariga nisbatan berilgan patentga o`xshashdir. Sanoat namunasini ro`yxatdan o`tkazishda tashqi ko`rinish himoya vositasining vazifasini bajarsa, patent xizmat ko`rsatishni himoya kila oladi. Masalan, kompaniya terminalining yangi dizaynni ruyxatdan o`tkazish bilan himoyalanadi. Kompьyuter esa patent bilan himoyalanadi. Sanoat namunasining patentga ega bo`lishi zarurligi uning o`ziga xosligi va sanoatda qo`llanila olishligidir. Sanoat namunasiga patent 10 yilga beriladi va yana 5 yil muddatga o`zaytirilishi mumkin.
Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlar ishlatilishining asosiy ko`rinishi-bu huquqlarning litsenzion shartnomalar asosida amal qilishi va ob`ektning korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shilishidir. Litsenzion shartnoma oldi-sotdi yoki ijara shartnomalaridan farq qiladi. Chunki patent egasi litsenzion shartnoma orqali kashfiyotni o`zini emas, balki uning ishlatish huquqini berdi. Patent egasi kashfiyotni ishlatish huquqini uchinchi shaxslarning keng davrasiga topshirishi va o`zi ham kashfiyotni ishlatishi mumkin.
Mualliflik huquqi — bu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar — o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Mualliflik huquqi bilan tartibga solinadigan ob`ektlarga kompьyuterlar uchun dasturlar, ma`lumotlar ba--zasi va shuningdek, ilm-fan, adabiyot, san`at asarlari misol bo`la oladi.
Mualliflik huquqi bilan boshqariladigan ob`ektlarni ro`yxatdan o`tka-zish shart emas. Muallif o`z asarini ob`ekt ko`rinishida namoyon qilishi va uni istalgan vaqtda ko`rsatib berishi shart. Mualliflik huquqi ob`ektlarni topshi-rishning huquqiy ko`rinishi, ya`ni mualliflik shartnomasidir. Ma`lum turdagi faoliyat bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar misol bo`la oladi. Albatta, bunda litsenziya bir yildan ortiq muddatga berilgan bo`lishi kerak.
Kashfiyot agar yangi kashfiyot bo`lsa va sanoatda qo`llanila olsa yoki ma`lum bo`lgan asbob-uskunalar, shtamp, kimyoviy moddalardan yangicha tarzda ko`llanilsa, ular ham qonuniy ravishda himoyalanishi mumkin. Kashfiyotlarga patent 20 yilga beriladi va u kashfiyotning ustunliklarini, muallifligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi va uni ishlatishga huquq beradi.