Savdo markalari va tovar belgisi. Savdo markalari (Masalan: Nestle, Adi-das) yoki savdo namunalari (Koka-kola) kompaniyalar tomonidan mahsulot yoki xiz-mat uchun berilgan nomlar yoki identifikatsiyani aniqlovchi boshqa ramzlar ular egalik qilishni asosli ravishda olib borish uchun ruyxatdan o`tkazilishi mumkin. Ruyxatdan o`tkazilgan savdo markalari va savdo namunalarini keyingi yillarga ham muddatni uzaytirish yo`li bilan xizmat muddatini yangilab turish mumkin. Bu holda nomlar, ramzlar yoki mahsulot identifikatsiyasini belgilovchi boshqa ramz-lar huquqiy hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlarni sotib olish va ularni baholash
Korxonalar nomoddiy aktivlarni bir necha yo`llar bilan olishlari mumkin: sotib olish, o`zida yaratish, ta`sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishi, boshqa korxonalar qaytib olmaslik sharti bilan bekorga (beg`araz) berilishi va boshqalar.
Nomoddiy aktivlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida xuddi asosiy vositalarni sotib olishni aks ettirishdek ko`rsatiladi. Sotib olishda nomoddiy aktivlarning o`ziga xos xususiyatlari e`tiborga olinadi. Nomoddiy aktivlarni sotib olishda uning qiymatini aniqlash asosiy muammo bo`lib hisoblanadi. Bu qiymat tarkibiga nomoddiy aktivni sotib olish (qo`shilgan qiymat solig`ini ham hisobga olgan holda), sug`urtalash, keltirish, shuningdek, o`rnatish va ishchi holatga keltirish xarajatlari asosida shakllantiriladi. Demak, nomoddiy aktivlarni sotib olishda harid usulidan foydalaniladi va hisobda u asosiy vositalardagidek aks ettiriladi.
Shunday qilib, nomoddiy aktivlarning sotib olish qiymati — jami to`lov-lar umumiy summasining qiymatidir yoki olingan aktivlarning joriy bozor qiy-matidir (qaysi birini aniqrok hisoblash mumkin bo`lsa).
Kapital qo`yilmalar amalga oshirilayotganda va moddiy aktivlar qabul qilinganida ularning xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlarida ushbu maqsadlarda olingan kredit va boshqa qarzlar bo`yicha foizlar ham aks etadi. Lekin nomoddiy aktivlar hisobga olingandan keyin to`langan foizlar nomoddiy aktivlarning boshlang`ich bahosiga ko`shilmaydi.
Nomoddiy aktivlar ta`sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shilganda boshlang`ich baho tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi va xuddi shu baho ta`sis hujjatlarida namoyon bo`ladi. Shu bahoda ular hisobga olinishlari shart.
Nomoddiy aktivlar beg`araz yo`llar bilan korxonaga kelib tushganda (dav-lat subsidiyalari sifatida) ularning baholanishi ekspertlarni jalb etish yo`-li bilan amalga oshiriladi. Bunda albatta tegishli hujjatlar takdim etilishi kerak.
O`rni kelganda shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, foydaga soliq hisoblanayotganda, soliqqa tortiladigan summaga subsidiya summasi kiritilmaydi. Shuningdek, beg`araz qabul qilingan nomoddiy aktivlar hisobida QQS alohida ko`rsatilmaydi va u qabul qiluvchi uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida amortizatsiya tarkibida aks etadi. Nomoddiy aktivlar beg`araz berilayotganda uni beruvchi QQS to`lovchisi bo`ladi.
Nomoddiy aktiv sotilayotgan bo`lsa, uning qoldiq qiymati va sotish bahosi farqidan kelib chiqib hisoblanadi. Agar beg`araz berilayotgan nomoddiy aktivga to`liq amortizatsiya hisoblangan bo`lsa, kelishilgan bahodan QQS hisoblanadi. Agar beg`araz berilayotgan nomoddiy aktivga to`liq amortizatsiya hi-soblangan bo`lsa, kelishilgan bahodan QQS hisoblanadi.
Shuningdek, nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga kiritilayotganda ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va sotish jarayoni sodir bo`lmaydi. Shu tufayli, ushbu holatda QQS hisoblash sodir bo`lmaydi. Korxona ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar kiritilgan paytda bu investitsiya hisoblanadi. Shuning uchun unga QQS to`lanmaydi. Fakatgina nomoddiy aktivni qabul qilgan korxona uni sotganda undan QQS olinishi mumkin.
Agar nomoddiy aktivlar xo`jalik yurituvchi sub`ekt tomonidan yuzaga kel-tirilayotgan va unga ketayotgan xarajatni hisoblash mumkin bo`lsa, unda nomoddiy aktivlar haqiqiy tannarxi bo`yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning qiy-matini aniqlash mumkin bulmasa, u alohida tarzda aktiv sifatida ko`rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
boshqa korxona ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar bilan kirim-shartnomali narxda baholanadi (bozor narxida);
to`lovli sotib olish - sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar bo`yicha;
ekspert yo`li bilan - qaytarib bermaslik sharti bilan olingan nomod-diy aktivlar ekspert yo`li bilan belgilangan qiymatda.
Nomoddiy aktivlarni sotib olishni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish yuqorida aytib o`tilganidek, boshqa aktivlarni, xususan, asosiy vositalarni so-tib olish kabi aks ettiriladi. Shuning uchun ham biz nomoddiy aktivlarni barcha yo`nalishlar bo`yicha sotib olish tartibiga batafsil to`xtalmasdan, faqat naqd pulga sotib olish jarayonini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tarti-bini ko`rsatish bilangina chegaralandik. Nomoddiy aktivlar naqd pulga (pul o`tkazish yo`li bilan) sotib olinganda quyidagi buxgalteriya o`tkazmalari beri-ladi:
1. Mol etkazib beruvchi va pudratchilardan nomoddiy aktivlar sotib olingan vaqtida, korxonani mol etkazib beruvchilar oldida majburiyati vujudga keladi, ya`ni
Dostları ilə paylaş: |