Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi


II Bob “O’zagroservis” AJ boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanishning tahlili



Yüklə 36,13 Kb.
səhifə6/10
tarix31.01.2023
ölçüsü36,13 Kb.
#81908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
gggg

II Bob “O’zagroservis” AJ boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanishning tahlili.
2.1. “O’zagroservis”AJ faoliyati tavsifi va tahlili.
«O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PF-4857-sonli ‘’O‘zagrotexsanoatxolding’’‖ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi Farmoni va 2016 yil 17 noyabrdagi PF-2658-sonli ‘’O‘zagrotexsanoatxolding‖’’ aksiyadorlik jamiyatini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 24-noyabrdagi 06-k-PO-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Jamiyatning firma nomi

«O‘zagroservis» AJ

Jamiyatning manzili:-joylashgan yeri

Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 4A-uy

Pochta manzili




Jamiyatning elektron pochta manzili

info@uzagroservis.uz
uzagro@uzagroservis.uz

Jamiyatning rasmiy korporativ veb- sayti

www.uzagroservis.uz

2-rasm ‘’O’zagroservis’’ AJ nomi va manzili
Jamiyatning ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyatning ustav kapitali 53 130 253 600 (ellik uch milliard bir yuz o‘ttiz million ikki yuz ellik uch ming olti yuz) so‘mni tashkil qiladi. U har birining nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 531 302 536 dona oddiy aksiyalarga bo‘lingan. Jamiyatning ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalar Jamiyat tomonidan ushbu ustavda belgilangan e‘lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtiriladi. Jamiyat ustav kapitalini oshirish maqsadida joylashtirilgan aksiyalarigaqo‘shimcha ravishda chiqarishi mumkin bo‘lgan e‘lon qilingan aksiyalari miqdori -nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 800 000 000 dona oddiy aksiyalardan iborat. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko‘rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
— qishloq xo‘jaligi texnikalari va ular uchun extiyot qismlarga bo‘lgan talabni o‘rganish xamda sifat talablari belgilangan xolda talabnomalarni ishlab chiqarishga, asosan maxalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga, shuningdek import orqali keltirish uchun joylashtirish;
— qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga servis va mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatishda yagona texnikaviy siyosatni yuritishi, mashina-traktor parklarini birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi uskunalar bilan ta‘minlanish darajasini oshirish;
— qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmati ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, fermer xo‘jaliklariga va boshka qishloqxo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turi ko‘paytirish, sifati va darajasini oshirish yo‘nalishida ishlarni olib borish; ―O‘zagroservis‖ AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan extiyot qismlar, detallar va uzellarni distribyuterlik, dillerlik va boshqa shartnomalar asosida sotilishini tashkillashtirish;
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida juda ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liq yagona tizimini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotish va servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, servis korxonalari va mashina-traktor parklarini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini keng joriy qilish va soha korxonalarini strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish maqsadida:
1.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "O‘zagrosanoatmashxolding" XK, "O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing" AJIK, ―O‘zagromashservis" uyushmasining qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati ko‘rsatish, shuningdek qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘qrisidagi taklifi qabul qilindiva uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
"O‘zagrosanoatmashxolding" XKni qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etishga ixtisoslashayotgan "O‘zagrotexmash" aksiyadorlik jamiyati;
"O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing"AKni qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berishga ixtisoslashayotgan "O‘zagrolizing"aksiyadorlik jamiyati;
"O‘zagromashservis" uyushmasini qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmati ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashayotgan "O‘zagroservis" aksiyadorlik jamiyati.
2.Quyidagilar "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilangan: ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning eqtiyot qismlariga bo‘lgan talab-eqtiyojning tizimli marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga, eng avvalo "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish;
-zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik uchun maxsus texnika ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish;
-ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hisobiga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalar barpo etish va amaldagi korxonalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy ilg‘or texnika turlari va texnologiyalarni joriy qilish, bu jarayonga investitsiyalar, eng avvalo xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
-tarmoq korxonalariga qishloq xo‘jaligi uchun turli xil texnika va mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan lizing asosida va eksport qilishda yordam ko‘rsatish;
-qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish va servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, tarmoq korxonalari va tashkilotlarini zarur moddiy-texnika resurslar hamda ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash sohasida yagona texnik va servis siyosatini o‘tkazish; rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida va zamonaviy talablarni hisobga olgan xolda mashina-traktor parklarini rivojlantirish istiqbollarini belgilash, qishloq xo‘jaligi texnikasini ta‘mirlash va servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish, respublika qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar hamda boshqa turdagi servis xizmati ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish; qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, sotish, servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish chora tadbirlari belgilangan.

Yüklə 36,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin