Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi


Xodimlarni boshqarish tamoyillari



Yüklə 36,13 Kb.
səhifə4/10
tarix31.01.2023
ölçüsü36,13 Kb.
#81908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
gggg

Xodimlarni boshqarish tamoyillari

T/r

Xodimlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari

T/r

Xodimlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari

1

samaradorlik

1

Konsentratsiya

2

Ilg’orlik

2

Ixtisoslashtirish

3

Istiqbollilik

3

Muvoziylik

4

Komplekslilik

4

Ixchamlik

5

Tezkorlik

5

Izchillik

6

Optimallik

6

Uzluksizlik

7

Oddiylik

7

Bir me‘yorlilik

8

Ilmiylik

8

Texnologik birlik

9

Ko‘p bo‘g‘inlilik

9

Badastirlik

10

Avtonomlik

10

Boshqarishda kollegiallik

11

Barqarorlik







12

Ko‘p qirralilik







13

Rejalilik







14

Rag‘batlantiruvchi







15

Tanlash va joy-joyiga qo‘yish







Tashkilotdagi ishning samaradorligi mehnatni vertikal tarzda
bo‘linishining rivojlanishini anglatadi. Gap rahbar hodimning bo‘linmalar va ish bajaruvchilar faoliyatini koordinatsiya qilish bo‘yicha mehnatni tashkil etishda boryapti
Ishlab chiqarishning innovatsion tavsifi, uni yuqori darajadagi fan sig‘imi, mahsulot sifati masalalarining muhimligi, xodimlarga bo‘lgan talabni o‘zgartirib, mehnatga ijodiy munosabatning va yuqori kasbiy mahorat ahamiyatini oshirib yubordi. Bu xodimlarni boshqarishni ijtimoiy — ruhiy masalalarida, uslub va tamoyillarida tubdan o‘zgarishni taqozo qilib qoldi.
1.2 Korxonada kadrlar salohiyatidan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning innovatsion tavsifi, uni yuqori darajadagi fan sig‘imi, mahsulot sifati masalalarining muhimligi, xodimlarga bo‘lgan talabni o‘zgartirib,mehnatga ijodiy munosabatning va yuqori kasbiy mahorat ahamiyatini oshiribyubordi. Bu xodimlarni boshqarishni ijtimoiy — ruhiy masalalarida, uslub va tamoyillarida tubdan o‘zgarishni taqozo qilib qoldi. Mehnat resurslarini boshqarish tamoyillaridagi o‘zgarishlar, zamonaviy sharoitda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan motivlashtirish siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Motivlashtirish siyosati mulkchilikning jamoa shakllarini rivojlantirish (aksionerlik va sheriklik kompaniyalari, kooperativlar) sharoitida xodimlarni boshqarishga jalb qilish umumiy maqsadlarga erishish uchun ma‘muriyatni xodimlar bilan hamkorligini kengaytirishga qaratilgan. Bu o‘z navbatida xodimlar potensial qobiliyatlarini rivojlantirishga, intensiv va mahsuldor mehnat qilishga, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga undaydi. Xodimlarni boshqaruvchilarning bosh maqsadi ishlab chiqarish, ijodiy mahsuldorlikni oshirishni boshqarish xodimlar sonini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi; xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish; xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish qoidalarini ishlab chiqish, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar mutaxassis menejerlarning mustaqil kasb turidir. Z. Xayer menejerlar kasbiy vazifalarini aks ettiruvchi quyidagi umumlashgan tavsiyani keltiradi: Menejerning vazifasi:

  • agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unda bo‘ysunuvchilarni ayblamay shaxsiy mas‘uliyatni o‘ziga olishi;

  • xodimlar talantini va kasbiy malakasini yanada o‘sishiga imkoniyat yaratish;

  • belgilangan maqsadga erishish natijalarini tekshirishi, ammo buyruq berish orqali xodimlar tafakkuriga tazyiq o‘tkazmasligi;

  • xodimlar kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklariga xolislik bilan yondashish;

  • xodimlar oldida o‘z mas‘uliyatini his qilish, ularning o‘rtog‘i bo‘lmay boshlig‘i bo‘lish;

  • xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash, o‘zaro harakatga omillash orqali belgilangan maqsadlarga erishish;

  • har bir xodimga uning mehnat natijalarini his qilishiga yordam berish;

  • xodimlarni birgalikda harakatga qobiliyatli qilish, ular harakatiga natijali va samarali tus berish, individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishga imkoniyat tug‘dirish.

Menejerlarga ma‘lum darajada mas‘uliyat ham yuklanadi: xodimlar ishini baholash, so‘nggi natijalar bo‘yicha zaruriy rag‘batlantirishni belgilash, ishchinbrigadalar, maqsadli guruhlar faoliyatini tashkil qilish va nazorat, konfliktli vaziyatlarni yechish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Menejerlar o‘z navbatida yuqori darajadagi rahbarlar oldida hisob beradilar;

  • joriy davrda kadrlar qo‘nimsizligi turli kasb kadrlariga ehtiyojini taxmin qilish haqida doimo axborotlar olib turadi. Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda ishga qabul qilinayotgan xodimlarga qo‘llaniladigan talablar va tamoyillar muhim ahamiyatga ega.Masalan:Yapon firmalarida rahbar alohida vazifalar bo‘yicha emas, balki firmaning har qanday uchastkasida ishlab ketadigan mutaxassis bo‘lishi kerak degan fikrga asoslanadi. Shuning uchun malaka oshirishda bo‘lim rahbari avval ishlamaganyangi faoliyat doirasini o‘zlashtirishiga e‘tibor qaratiladi. Yapon firmalarida mezon sifatida kasblarni qo‘shish, jamoada ishlash qobiliyati: ishlab chiqarish muammolarini hal qilishni bilish, turli vazifalarni hal qilishni o‘zaro qo‘shib olib borish, yozuv savodxonligi va grafiklarni o‘zi chizish xususiyatlari qabul qilingan. Odatda potensial nomzodlar yarim avtonom jamoalarda ishlash qobiliyatini aniqlash bo‘yicha dastlabki tekshiruvdan o‘tadilar. Amerika firmalarida asosiy e‘tibor ixtisoslashgan bilimlar va kasbiy ko‘nikmalar kabi asosiy an‘anaviy tamoyillarga qaratiladi. Ularda asosan injener va olimlarni qabul qilishga qaratilgan tor ixtisoslashuv uslubiga ahamiyat beriladi. Amerika firmalarida potensial nomzodlar ishga kirishda kasbiy tayyorgarligini aniqlash uchun testdan o‘tadilar, undan so‘ng ishga qabul qilinib yo‘riqnomaga muvofiq tor ixtisoslashgan vazifalari bilan tanishtiriladi, ammo firmaning butun faoliyati va uning tashkiliy madaniyati bilan tanishtirilmaydi. Har bir firma xodimlarni yollash bo‘yicha o‘z mezonlarini ishlab chiqadi. Amerika firmalarida ishga qabul qilish quyidagi etaplardan o‘tishni taqozo qiladi:

  • xodimga taqdim etilayotgan ishchi funksiyasi, huquqi va mas‘uliyati tavsifi bilan tanishtirish;

  • agar ma‘lum ish bo‘yicha xodim qabul qilish yillik rejaga kiritilmagan bo‘lsa amaldagi ish haqi tizimiga qo‘shish uchun uni asoslash kerak: tanlash yangi lavozimni oliy rahbar tasdiqlagandan so‘ng boshlanadi;

  • tashqaridan nomzod qabul qilish reklama, shaxsiy aloqalari, elektron ma‘lumotlar bazasiga ega bo‘lgan yollash firmalari orqali amalga oshiriladi;

  • ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar bo‘lajak rahbarlari tomonidan bir necha suhbatdan o‘tadi, agar zarur bo‘lsa bo‘ysunuvchilar bilan ham suhbatlashadi.

So‘nggi tanlov bevosita rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Amerika firmalarida xodimni ishdan bo‘shatish uzoq muddatli baholash va tarbiyalash usullaridan so‘ng amalga oshiriladi. O‘tkazilgan baholash natijasi xodim va uning rahbari bilan muhokama qilinadi va tomonlar imzolaydilar. U ishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yo‘llarini aks ettiradi hamda ishdan bo‘shatish yoki bu lavozimda yana ishni davom ettirishi ishni yaxshilashga bog‘liqligi haqida ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi. Ishdan bo‘shatish haqidagi oxirgi qaror bevosita rahbardan ikki-uch pog‘ona yuqori turuvchi rahbar tomonidan qabul qilinadi
Xodimlarni har tomonlama jamoa bilan birgalikda faoliyat olib borishi mehnat samaradorligining oshishiga olib keladi.
Korxonada ishlab chiqarishni rivojlantirishni boshqarish — bu mehnat jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida uni sozlash, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini oshirishdir. ―Ishlab chiqarishni boshqarishda menejmentning maqsadi «yuqoridan» rahbarlik qilish, moslashuvchi axborot tizimi yaratish orqali ishlab chiqarish bo‘limlarini ratsional faoliyat ko‘rsatishiga erishish, har qanday rejadan og‘ishlarni, ishlab chiqarish kamchiligini har qanday bosqichda bartaraf qilishni tavsiya qiluvchi va tezda aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, murakkab qulaylikka ega modellar to‘plami va miqdoriy usullardan foydalanishni ishlab chiqarishni boshqarishga qo‘yiladigan talablarining ishlab chiqish texnologik siklni yangi sharoitga moslashishini: fond sig‘imli va ixcham ishlab chiqarishga; tez qabul qilinadigan qarorlarga; ishlab chiqarishda inson omilining ulkan roliga; mahsulot sifatini yaxshilashga; ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga; ishlab chiqarish maydonlaridan yaxshi foydalanishga; xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarilgan mahsulotga texnik xizmatni o‘stirishdir. Ishlab chiqarishni boshqarish doimo yuqori mehnat unumdorligi va kam xarajatli, moslashuvchan oz seriyali ommaviy ishlab chiqarishni va yangi ixcham tipdagi xo‘jalik komplekslari doirasida birlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni mehnat qurollaridan foydalanib xomashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishga qaratilgan firma xodimlarining maqsadli faoliyatini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining muhim maqsadlaridan biri, ishlab chiqarish samaradorligidir, u mahsulot raqobatbardoshligiga va sifatini oshirish, mehnat unumdorligining o‘sishi, investitsiyalar rentabelligini ko‘payishi kabi omillarga bog‘liqdir. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun keng kompleks texnik, texnologik, tashkiliy boshqaruv tadbirlarini: butun firma uchun texniksiyosat va investitsiyaning muhim sohalari va yo‘nalishini belgilashni; texnologik jarayonning eng istiqbolli sohalariga butun kuchni va resurslarni to‘plash; EHMdan foydalanib ishlaydigan ishlab chiqarish tizimining yangi avlodini yaratishni amalga oshirish zarur. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda investitsiya tamoyillarini ishlabchiqish muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 36,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin