Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi


I BOB. KORXONANI SAMARALI BOSHQARISHDA KADRLAR SALOHIYATIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 36,13 Kb.
səhifə3/10
tarix31.01.2023
ölçüsü36,13 Kb.
#81908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
gggg

I BOB. KORXONANI SAMARALI BOSHQARISHDA KADRLAR SALOHIYATIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Xodimlarni boshqarish tizimining nazariyasi.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondashuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
"Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi. Xodimlarni boshqarish deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo‘tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksional boshqaruv deganda, bevosita kadrlar masalasiini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya‘ni kadrlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi. Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya‘ni rahbarlar, kadrlar bo‘limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Mehnat resurslarini taqsimlashga bog‘liq ravishda inson resurslarining imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potentsialini, hududni, korxonalarni o‘rganish va aniqlash imkonini beradi. Mehnat potentsialini sifat o‘lchovidagi mehnat resurslari sifatida ta‘riflash mumkin. Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potentsiali» tushunchasi mehnat resurslari va iqtisodiyotning o‘zaro ta‘sirini o‘rganishga yordam beradigan alohida omildir.
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar va boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar) Xodimlarni, ya‘ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
1-jadval

Yüklə 36,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin