3. Javob
Saylov turlari. Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo‘ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar mazmuniga doir barcha asosiy qarorlar oidindan mamlakat siѐsiy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi saylovlarda deputatlar nomzodlari oshkor etilmaydi, ulaming shaxsi va dasturlari to‘g‘risida saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo‘lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoѐn boTadilar.
Totalitar siѐsiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o‘zining haqiqiy mazmunini turli usullar bilan niqoblab, ―xalq irodasini‖, shuningdek, ―oliy darajadagi demokratiyaga mansub ekanligini‖ ifodalashga da’vogarlik qiladi. Bu siѐsiy tizim demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib, umumxalq qoTlab-quwatlashi ko‘rinishini shakllantirishga intiladi.
Saylovlaming ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat beqaror boTgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda saylovlar demokratik rejimlar chuqur ildiz otmagan, davlat etakchilarining demokratik intilishlari antidemokratik kuchlar qarshiligiga uchraydigan mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda, ko‘pincha, xalq tomonidan saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o‘zining yashash qobiliyatini yo‘qotadi.
Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muammolari quyidagi ikki nomaTumli tenglamani echish bilan bogTiqdir: aholi qoTlab-quwatlashini yo‘qotish sharoitida oldingi rejimdan o‘tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish. Bu murakkab vazifani hal etish o‘tish davri qator bosqichlarini siѐsiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jaraѐnlari vositasida qulaylashtirishni talab etadi.
Saylovlaming uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, ya’ni davlatlar fuqarolik jamiyatiga bo‘ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni rivojlantirishning muhim sharti - davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning mavjudligidir. Ular o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar qo‘rqitish intizomi va hukmronlik usullari bilan emas, balki qonun oldida mas’ul bo‘lgan davlat hokimiyati, huquqiy va siѐsiy vositalar bilan muvofiqlashtiriladi.
Turli mamlakatlardagi saylovlarda o‘zaro siѐsiy muxolifatdoshlikka asoslangan demokratiya tabiatiga xos saylovlaming bir qancha umumiy tomonlari mavjuddir. Bular hokimiyatga da’vogarlik turli siѐsiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, idoraetuvchi elitani erkin demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning an’anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi rivojlangan mamlakatlardagi saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-maqsadlilik xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siѐsiy elitani shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namoѐn bo‘ladi. Bunda saylovlar aholiga rasmiy siѐsat yo‘nalishiariga ta’sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ulami o‘zining manfaatlariga monandlashtira oladi.
4. Javob
Odatda, uch xil saylov tizimi - proporsional, majoritar hamda aralash saylov tizimlari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |