Majoritar saylov tizimining (fransuzcha majorite - ko‘ichilik) asosini «ko‘ichilik tamoyili» tashkil etadi. Bunday tizim, odatda, bir mandatli okruglarda amal qiladi va eng ko‘i ovoz olgan nomzod g‘olib hisoblanadi. Majoritar saylov tizimining ikki shakli mavjud, bular: nisbatan ko‘ichilik va mutlaq ko‘ichilik ovoz olish tizimlaridir. Birinchi shaklda, nomzod mandat olish uchun raqiblaridan ko‘iroq ovoz to‘ilashi lozim. Ikkinchi shaklda esa nomzod kamida ellik foiz (50%+1) ovozga ega bo‘lganidagina g‘alaba qozonadi. Agar nomzodlardan birortasi ham 50 foizdan ko‘i ovoz yig‘olmasa, u holda ikkinchi tur saylovi o‘tkaziladi. Ikkinchi turda faqat eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod qatnashadi, xolos. Majoritar saylov tizimi proporsional saylov tizimidan ko‘ra ancha universal bo‘lib, uni nafaqat vakillik organlariga saylovlarda, balki irezident saylovlarida ham qo‘llash mumkin. Majoritar saylov tizimining yagona kamchiligi shundan iboratki, u uncha katta bo‘lmagan partiya va harakat vakillarining davlat idoralariga saylanish imkoniyatini toraytirib qo‘yadi