Norboyev Elmurod 911-17-guruh talabasi Javob


Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü109,5 Kb.
#37269
1   2   3   4   5   6
Fuqorolik jamiyati Topshiriq № 1

Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi
Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunѐda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziѐd xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjudSaylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948) 21-moddasida, Fuqarolik va siѐsiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning (1966) 25-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida BMT deklaratsiyasining (1963) 6-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‘zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e’tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi3. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da’vat etadi.

Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi evropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy

hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga xos dalolatidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko‘ra, «Har bir inson o‘zi yashaѐtgan davlatning boshqaruvida bevosita ѐki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir». Xalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish ѐki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya’ni «Fuqarolik va siѐsiy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1952 yil 20 dekabrda qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 avgustda qo‘shilgan «Xotin-qizlarning siѐsiy huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasida xotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng sharoitlarda barcha saylovlarda ovoz berish huquqiga egadirlar deb belgilangan. Mazkur hujjatning 2-moddasida esa xotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng sharoitlarda saylab qo‘yiladigan muassasalarga milliy qonunchilikda belgilangan tartibda saylanishi mumkin. SHu bilan birga, 1979 yil 18 dekabrdagi «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi Konvensiyaning (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 6 mayda qo‘shilgan) 7moddasiga muvofiq, ishtirokchi davlatlar mamlakatning siѐsiy va jamoat haѐtida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli

choralarni ko‘rishlari, jumladan, aѐllarga erkaklar bilan teng shartsharoitlar asosida quyidagi huquqlarni ta’minlashlari lozim: a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish; b) davlat siѐsatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida davlat vazifalarini amalga oshirish.

Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan «Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risida»gi Deklaratsiyaning 1-moddasida har qanday davlatda hokimiyat xalqning umumiy, teng va yashirin ovoz berish asosida muntazam vaqt oralig‘ida o‘tkazib turiladigan haqiqiy, erkin va adolatli saylovlarda bildiradigan xohish-irodasidan kelib chiqadi, deb belgilangan.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida demokratik saylov prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlilik, ochiqlik va hisobdorlik kabilarda ifodasini topgan.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining davlat va hukumat rahbarlarining 1990 yil 19-21 noyabrdagi Kengashida qabul qilingan «YAngi evropa uchun Parij Xartiyasi»da ushbu tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari zimmasiga o‘z davlatlarini yagona boshqaruv tizimi sifatida kurish, jipslashtirish va mustahkamlash majburiyatlarida demokratik boshqaruv erkin va adolatli saylovlar paytida muntazam ravishda ifodalangan xalq xohish irodasiga asoslanish, vakillik va fikrlar xilmaxilligi xususiyatiga ega bo‘lgan demokratik saylovlarga hisobot berishga davlat hokimiyatilarining qonunlarga rioya etish majburiyatlarini ta’minlanishi ta’kidlangan.

2002 yil 7 oktyabrda Kishinev shahrida qabul qilingan «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ishtirok etuvchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasida demokratik saylovlar xalq hokimiyati va irodasining bevosita oliy ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari xalq (milliy) vakilligining, saylanadigan mansabdor shaxslarning asosi hisoblanadi. Saylovlarni xalqaro kuzatish, saylov jaraѐni ishtirokchilarining saylov huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish kafolatlari demokratik saylovlarning standartlari hisoblanishi e’tirof etiladi.

2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning «Demokratik saylovlar, saylov huquq va

erkinliklari standartlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasi 2-bandida, saylovchilarning erkin xohish-iroda bildirishini ta’minlovchi, umumiy, teng saylov huquqi bilan yashirin ovoz berish asosidagi saylovlarning muntazamligi, majburiyligi, odilonaligi, chinakamligi va erkinligi tamoyillarini ta’minlash.

8-javob

Eng ilg‘or xalqaro standartlar va xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan Saylov kodeksi ikki qism, 18 bob, 100 moddadan iborat bo‘lib, ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalarni o‘z ichiga oladi.

Xususan:

- parlamentda barcha siѐsiy kuchlar uchun teng sharoitlar yaratilishi nazarda tutildi.O‘zbekiston ekologik harakati vakillariga parlament quyi palatasida belgilangan 15 ta deputatlik o‘rni kvotasi bekor qilindi;

- saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatining amal qilish tartibi qonun darajasida belgilandi. Mazkur tizim eksperiment tartibida 2017 yil dekabr oyida Toshkent shahar mahalliy Kengashlariga saylov davomida sinovdan o‘tkazildi hamda xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Bundan buѐn saylovchining bir vaqtning o‘zida bir nechta ro‘yxatlarga kiritilishiga chek qo‘yiladi, bu esa, ―bir saylovchi – bir ovoz‖ prinsipiga to‘liq rioya etilishini ta’minlaydi;

- saylov huquqini keng ta’minlash maqsadida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga saylash huquqi berildi;


9-javob

So‘nggi yillarda saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha katta o‘zgarish qilindi. Xususan, 2019 yil 5 iyunda ―Saylov kodeksi qabul qilindi. (Mazkur kodeks loyihasi tarqoq holdagi 5 ta qonun hujjatlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, ―”Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, ―”O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, ―O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlari) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab qaror va yo‘riqnomalarini yagona qonun hujjatida birlashtirdi.


10-javob

O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siѐsiy partiyalar saylov yo‘li bilan shakillantiriladi.
Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin