Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали


- §. Imkoniyati cheklanganlar uchun inkluziv ta’lim olib borishning nazariy asoslari



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə5/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Очилова Зарина

1- §. Imkoniyati cheklanganlar uchun inkluziv ta’lim olib borishning nazariy asoslari.
Inklyuziv ta’limni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilishning afzallik tomoni shundaki, maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan joylarda ham imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimiga to‘liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratiladi. Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turlixil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim madaniyati “Salamanka deklaratsiyasi”ga muvofiq har bir o‘quvchining tafovut xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadlari, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuzivga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olishi deb qaraladi. Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojlar va sabablar. Har bir shaxsda mehr olish, etiborda bo‘lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish va shu kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar bundan mustasno emas, lekin bulardan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari mavjud. Ularning xatti harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi jihatlariga asoslangan holda nogironliklari oz bo‘lsada o‘xshash bo‘lgan taqdirda ham ular bir biridan farq qiladi masalan: ikkita nogironligi bir xil bo‘lgan bolalarning biri ijobiy, ruxlantiruvchi muhitda yashashi mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko‘ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin5. Ularning ikkalasi ham nogiron bo‘lsada, bu ularga bir xil yordam ko‘rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim. Ushbu muammoni muhimligi amaliyotda keng tan olingan. Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir. Ba’zi bir bolalar boshqalardan ko‘ra ko‘proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotning ma’lum bir paytida yoki butun hayotlari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog‘larida. Bu kabi maxsus qo‘shimcha yordam “Maxsus ta’limga borib taqaladi”. Hozirgi kungacha umumiy ta’lim maktab tizimi vakillarining “Bular bizning bolalarimiz emas. Ular maxsus ta’limga qarashli” degan gaplarini juda ko‘p eshitganmiz. Shu kabi masalalar bugungi kunda nogiron guruhlarga asoslangan klassifikatsiyasini va maxsus ta’limga muhtoj bolalar tushunchasini o‘zgartirishga asos bo‘lmoqda. Umumta’lim maktablarida nuqson turiga ko‘ra sharoit yaratilsa, ko‘pchilik maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o‘zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo‘llashi asosida ta’lim olishini amalga oshirish mumkin. Maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muamolarini ular o‘zlari yashab turgan muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan, ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Imkoniyati cheklangan bolalarnining ta’lim-tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish, ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarning muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-o‘quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko‘rsatishlari talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi. Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyati darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy xayotda tenghuquqli ekanligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsion-maxsus, yopiq turdagi muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda sog‘lom boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi. Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi.
Biroq inklyuziv ta`limning mazmun-mohiyati to’g’risida bilim va ma`lumotlar hali jamiyatda etarli emas1
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish.
O’qituvchi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan boladan (agarda u zaif ko‘ruvchi bo‘lsa) sinf taxtasini ko‘rish uchun eng qulay joygi surab uni usha joyga o‘tkazishi lozim;
▪ Agar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning kuzlari yoruglikka sezgir bo‘lsa, uni deraza yoniga o‘tkazmaslik kerak. Shuning uchun ham bolaning kuzlarini yoruglikdan saklash uchun karton tusikni ishlatish mumkin;
▪ Sinfdagi eng axlokiy va olijanob o‘quvchilarni aniqlab, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaga «yul boshlovchi» o‘quvchi qilib tayinlansa yuqori natijaga erishish mumkin;
▪ O’qituvchi sinf taxtachasiga yozilgan ma’lumotlarni baland ovozda o‘qishi talab etiladi;
▪ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola ma’lumotlarni eshitish va taktil sezgilari asosida egalaydilar. Shuning uchun ham ularga buyumlarni ushlab ko‘rish imkoniyatini berish kerak;
▪ O’qituvchi sinfiy munozaralarda kim gapirayotganligini ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola bilishi uchun har bir o‘quvchining ismini aytib turishi kerak. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish
1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolani o‘qituvchi va doskaga yaqinroq (3 metrdan oshmasligi), sinfdagilarning barchasini ko‘ra oladigan joyga o‘tkazish;
2. O‘qituvchi dars jarayonida faqat sinfga o‘quvchilarga qarab dars o‘tishi, eshitmaydigan o‘quvchilarni o‘ziga qaratib dars boshlashi; O’qituvchi mavzuni tushintirayotgan paytda kitob yoki boshqa buyumlar bilan yuzini berkitmasligi, doskadagi ma’lumotlar haqida tushuncha berayotagnda esa orka tomoni bilan turib kolmasligi shart. Chunki eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligi o‘quv materiali, tushuntirish, murojaat va h. k. o. larni labdan o‘qish asosida qabul qila oladilar;
3. Inklyuziv sinf xonasi yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak. Chunki eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuzini, qo‘llarini yoki labini yaxshi ko‘rishi kerak;
4. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolani boshqa bolalarning labini ko‘ra olishi uchun partalarni shunga muvofik tarzda joylashtirish lozim;
5. Doimiy ravishda sinfda shovkin kutarmasligi talab etiladi. Inklyuziv sinf xonasi maktabning tayach va sokin tarafida bo‘lishi talab etiladi;
6. O‘qituvchi aniq talaffuz va baland ovozda lekin bakirmasdan gapirishi tavsiya etiladi. tayanch-harakat a’zolardaida inklyuziv ta’limida muammolari bo‘lgan bolalar sinflarni va dars jarayonini moslashtirish. Engil darajagi serebral falaj bolani umumta’lim sinflarda o‘qitish uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Ammo og‘ir darajadagi serebral falaj bolani umumta’lim tizimida o‘qitish sinfni moslashtirish bir oz murakkabroq. Buning uchun sinfni moslashtirish kuydagi imkoniyati cheklangana bo‘lishi mumkin:
1. Serebral falaj bola o‘tirganda boshi va gavdasini to‘g‘ri tutish uchun masus urindiklar;
2. Bolaning bo‘yini kerakli darajada tuta olishi uchun maxsus o‘rindiklar;
3. O‘kituvchi va tengdoshlar bolani tushuna olishlari uchun mulokat taxtalari (masalan, rasm yoki turli razmiy belgilardan tashkil topgan taxtalar);
4. Bola sinfda harakatlana olishi uchun sinf xonasining devorlariyoniga yordamchi vositalar qo’yish;
5. Sinf xona partalari serebral falaj bolaning aravachasi uchun moslashtirish;
6. Agar bolaning nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lsa mulokatning boshqa shakllardan, masalan rasmlar yoki chizilgan razmiy kartochkalardan foydalanish mumkin. Ular sinf taxtasiga joylashtirilsa, bola o‘z fikrini bu vositalar orqali ifoda etadi;
7. Bolani savollar berishga undang, lekin unga o‘z nutqi bilan yoki boshqa vositalar orqali javob berishga fursat bering;
8. Kompeleks yordam (tibbiyot xodimi logoped, massajist yordami) turini tashkil etish;
9. Tengdoshlaridan bola bilan o‘zaro mulokat qilishlarini surang, chunki bolalar doimo bir birlari bilan mulokat qilish yulini topadilar; Kul, oyoglarni boshqara olishda kiynalgan bolalar yozishda juda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun ularning yozishlarga kushimcha vakt ajratish lozim, yoki ularga ma’lumotning nusxasi berilishi yoki boshqa o‘quvchi ularga yozib berishi mumkin. Engil darajadagi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’limida sinflarni va dars jarayonini moslashtirish6.
1.Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar diqqatini tarqоqligini hisobga olib partada ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak;
2. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar tez charchab qolishini hisobga olgan holda, ular harakatda bo‘lish imkonini beruvchi topshiriqlar berib turish («daftarlarni yig‘», «doskani tozala» kabi);
3. Har bir darsda jismoniy daqiqa o‘tkazishni unutmaslik;
4. Sinfda etakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchini aniqlab, «sinf boshqaruvchisi» (imkoniyati cheklangan o‘quvchi) etib tayinlash (bu o‘quvchidan o‘qituvchi aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bola bilan ishlayotganda ko‘proq foydalanadi);
5. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni sinfdagi eng a’lochi o‘quvchi bilan birga o‘tqazish;
6. Darsda asosiy ko‘rgazmallikka taynish;
7. Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaga topshiriqlarni qismlarga bo‘lib berish;
8. Bolani rag‘batlantirishni unutmaslik;
9. Usullarning xilma – xilligidan doimiy ravishda foydalanish;
10. O‘yin metodlariga maksimal darajada tayanish;
11. Bola topshiriqni bajarayotganda unga kushimcha yoki amaliy ko‘rsatma ham berish;
12. Sinf jamoasigaaqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning ham hissasi kushiladigan topshiriqlar berish;
13. Doimiy ravishdaaqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolani nazorat ostiga olish. Sinf va guruhlarda inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish. Bolalar ongida irkchilik, nog‘ironlik hamda imkoniyatlar kengligi xususida to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirish inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Noto‘g‘ri tushunchalarning mavjudligi sababli imkoniyati cheklangan bolalar xakorati va masxaralanishiga duchor bo‘lmoqdalar. Bundan ham ayanchlisi shu kabi salbiy munosabatdagi xulk-atvorni ayrim o‘qituvchilarning e’tiborsiz koldirayotganligidir. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun ham barcha maktablarda hamma bolalar uchun teng huquqli, sevimli, do‘stona iliq munosabatdagi muhitni yaratish lozim. Pedagoglar barcha sinflarda bolalar o‘z hayotlari va his tuyg‘ularini muhokama qila oladigan o‘zoro qo‘llab – quvvatlovchi va hamjihatlikdagi ijobiy muhitni yaratishga yordam berishlari lozim; o‘quvchilar ongiga nogironlik – alohidalik emas, balki kamchilikni majudligi natijasida imkoniyatlar chegaralanganligini tushuntira bilish lozim. Nogiron bolalardan qo’rqish, jirkanish hislarini yo’qotishga erishish talab etiladi.
Pedagoglar ayrim holatlarda stereotiplarni qo‘llashdan kochishlari va tashabuslari qo‘llashdan keyin ham bolalar oldida sharxlamasliklari lozim. Ular bolalarga nima uchun lakab kuyish, masxara qilish, salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishini tushuntirib berishlari va bunga yul kuymasliklari talab etiladi. Zarur bo‘lgan holatlarda imkoniyati cheklangan bolalarda ayrim o‘quvchilar tamonidan biliralayotgan salbiy munosabatlarni butun sinf bilan muhokama qilish urinli hisoblanadi. Ijobiy natijaga erishish uchun oxirgacha kurashish lozim1. Har bir muhokama bolalarning yutuklarining uning avvalgi yutuklariga salishtirib, kayd etib, takidlab borish muhimdir. o‘quvchilar bilan turli xildagi va psixologik testlar o‘tkazishda bolaning irkiga, ijtimoiy kelib chiqishiga, jinsi va nogironlikka oid savollarni bermaslik ayni muddao. O’qituvchilar ishlarini va ularning yutuklarini barcha sohalarida maktab va maktabdan tashqari ishlarda namoyish qilib borish kerak. Darslarga materiallar tayyorlashda imkoniyati cheklangan bolaning ijod namunalarini ham qo‘llash juda samara beradi. Kitob, plakatlar va dasturlarni qo‘llayotib, shunga ishonch hosil qilish kerakki,ular inklyuziv ta’limga mos kelishi kerak. Maktablar ochik bo‘lishi, o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar muloqot qila bilishi kerak. Aravacha yuradigan yoki xassa va boshka moslamalar orqali harakatlanuvchi bolalar uchun sinfdagi harakatlanish joylarini etarli ekanligiga ishonch qilish uchun quyidagilarga e’tibor bering:
• Ko‘rish va eshitish qiyinchiliklariga ega bolalar gilam va partalar orasida butun sinf faoliyatida ishtirok eta oladigan tarzda o‘tirganlariga ishonch hosil qiling.
• Ta’lim olishda kiyinchilikka uchraydigan va bunda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llay olishlariga ishonch hosil qiling.
• Turli xil tibbiy muammolarga ega bolalarning ayrimlari tez-tez ovqatlanish, suyuqlik imkoniyati cheklanganish yoki boshkalarga qaraganda ko‘prok borish ehtiyojiga ega bo‘ladilar. Bunday bolalar o‘zlarini noqulay his etmasliklari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishga e’tibor qarating.
• Uzoq muddat tik tura olmaydigan bolalar ham e’tibordan chetda koldirmang.
• Agar bolaga diqqatni jamlash yoki ko‘rinmas yashirish (autizim yoki giperfaollik natijasida dikkatning etishmasligi) natijasida tinch utirishga kiynalsa, boshka o‘quvchilar aytilgan vazifalar bilan mashg‘ulot bo‘lsalar ham diqqati tarkok o‘quvchilarning bir nafas dam olishlariga imkon bering. 2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug‘i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o‘smirlar uchun inklyuziv ta’lim to‘g‘risida muvaqqat Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari belgilab berilgan. «Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smrlar uchun inklyuziv ta’lim muvaqqat Nizom» asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining huquqiy ijtimoiy asoslari yaratildi, nizomning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan: Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona munosabat ruhi shakllanadi. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davlat Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklanganbolalar va o‘smirlar uchun korreksion dasturlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jihozlangan korreksiya xonasi, maxsus infrastruktura). Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayyorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa va boshqa sinflarda 45 daqiqadan darslar olib boriladi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar bilimlari ularning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi. Korreksion ta’lim o‘quvchilarning ehtiyojlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan holda tashkil etiladi. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o‘quvchilar ota-onalarning arizasi hamda «Tibbiy-psixologo-pedagogik komissiya»lari xulosalariasosida qabul qilinadi va ta’lim muassasalari rahbarlari bo‘yrug‘i bilan tasdiqlanadi. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida integratsiya qilingan o‘quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o‘quvchilar umumiy soni 25 nafargacha deb belgilanadi. Shuningdek, mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqaqonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning echimlarini davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: – korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash; – respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich to‘liq integratsiyasiga amal qilish; – davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlashni davlat darajasiga olib chiqish;
– binoni ularga mos ravishda rekonstruksiya qilish; – umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun zaruriy moddiy texnik ba’zani yaratish; – inklyuziv ta’limni tashabbuskorlik, mehr-muruvvat tarzida tashkil etish; – maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida o‘zgarishlar kiritish; – umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo‘yicha qayta tayyorlash; – barcha pedagogika oliygohlarida va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida korreksion pedagogik kurslarni kiritilishi; – korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab chiqish; – umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o‘quv-metodik va ilmiy ommabop, ixcham turdagi o‘quv adabiyotlar va individual dasturlar yaratish; – nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va krreksion pedagogik yordam berish; – imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va krreksion ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o‘quv-metodik majmualarni yaratish va ta’minlash; – kasb-hunarga o‘rgatish, reabilitatsiya qilish va bu ishda oilani bevosita ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiypedagogik resurs markazi, boshqarma, ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Imkoniyatlari cheklangan bolalarning, hoh u maxsus maktab, maktabgacha muassasalar bo‘lsin, hoh umumta’lim muassasalari qoshidagi sinf yoki guruhlar bo‘lsin, hoh uyda ta’lim olish bo‘lsin, o‘qitishning barcha shakllari, ta’lim sohasiga jalb qilinishi ma’lum jihatdan integratsiya jarayoni hisoblanadi, chunki o‘qish davrida va undan keyin ham bu bolalar boshqa bolalar, shu jumladan umumta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bolalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga uyg‘unlashuvi ta’minlanadi. Biroq, ta’lim olish uchun mos shartsharoitlarni tanlash har bir bolaning va ota-onasinig huquqi hisoblanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya mutaxassislari zimmasiga bolaning ruhiy-jismoniy holatini o‘rganish va tashxis qilish vazifasi yuklangan bo‘lib, bolani har tomonlama tekshirish natijasida bolalarni o‘qitish va ularga mos keladigan ta’lim sharoitini aniqlashga doir tavsiyalar beriladi. Shunday qilib, o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan bolaning umumta’lim sohasiga samarali jalb qilinishi uchun quyidagilar zarur: – bolaning rivojlanishida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan korreksion tadbirlarni erta yoshdan boshlash
– umumiy ta’limga jalb qilingan har bir bola uchun tibbiy-psixologikpedagogik kuzatuvni, ya’ni mutaxassislarning doimiy yordamini tashkil etish; – ruhiy-jismoniy rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, imkoniyatlari cheklangan har bir bolaning sog‘lom bolalar bilan birgalikda tarbiya va ta’lim olishining zarur shakllarini tanlashni ta’minlash; Umumiy qoidalar. Inklyuziv ta’limga o‘tish masalasi O‘zbekistonda ratifikatsiya qilingan bolalar huquqlari va nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga asoslanadi. Ammo inklyuziv ta’limga o‘tishga, bunday yondashuv uchun nafaqat mos keladigan huquqiy bazani yaratish va shuningdek zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishga; – -kadrlarni tayyorlash; – -nogironlarni kasbiy reabilitatsiyasini ta’minlash; – -jamiyatni to‘g‘ri va ijobiy fikrlashiga; – -davlat ta’lim standartlarini moslashtirish va tasdiqlash kabi – Chunonchi umumta’lim muassasalari sharoitini imkoniyati cheklangan bolalarga moslashtirib ta’lim va tarbiya berish natijasida bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar shakllanib boradi. Bunday bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy jamiyatga erta va to‘laqonli moslashuvlari ta’minlanadi. Inklyuziv ta’limni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilishning yana bir afzallik tomoni shundaki, maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo‘lmagan joylarda ham imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimiga to‘liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratiladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Prezidentimizning 2017 yil 4-dekabrda qabul qilgan “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni nogironligi bo’lgan shaxslarga huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishda O’zbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni ta`minlashda, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etishda, to’laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek o’zlarining fuqvrolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida nogironligi bo’lgan shaxslarga oid davlat siyosatini belgilab berdi.1


Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin