Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали


-§. Imkoniyati cheklangan, jismoniy va aqliy buzilishlarga ega bulgan bolalarni parvarishlash va normallashtirish tamoillari



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə6/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Очилова Зарина

2-§. Imkoniyati cheklangan, jismoniy va aqliy buzilishlarga ega bulgan bolalarni parvarishlash va normallashtirish tamoillari.
Imkoniyati cheklangan bolalar deganimizda avvalo iqtisodiy yoki siyosiy faktorlarni emas balki jismoniy faktorni yani nogironlikni ko’zda tutamiz. Nogironlik tushunchasini izohlash juda qiyin. Nogironlikning an’anaviy tushunchasi inson salomatligi bilan nimadur joyida emasligiga qaratilgan. Shunday qilib, jismoniy imkoniyati cheklanganlikka ko’zi ojizlik, karlik, odam qiynalib yoki butunlay harakatlanmaydigan turli holatlar, psixik kasalliklar, shuningdek, Daun sindromi va epilepsiya holati taalluqlidir. Bu tibbiy turidir. Nogironlikning ijtimoiy turi- bu insoniy xuquqlar muammosi! Ular ham teng qadriyatli insoniy mavjudot va teng xuquqqa egadirlar. Nogironlikning turlari bo’yicha qisqacha aytib o’tdim. Endi aqliy buzilishga ega bo’lgan shaxslarni parvarishlash va normallashtirish haqida aytmoqchiman. Maqsad shuki, har bir inson o’zi xoxlaganidek yashashi va ijod qilishiga yo’l ochishidir. Nogiron insonga ham ham ma qatori hayot ini davom ettirishi har soxada yutuqlarga erishishi uchun imkoniyat berish kerak deb o’ylayman. Buning uchun ularning hayot ini normallashtirish eng to’g’ri yo’ldir normallashtirish tamoyili quyidagicha ta’riflanadi7.
Normallashtirish tamoyili quyidagicha ta’riflanadi: intellektual va boshqa funksional buzilishlarga ega bo’lgan shaxslar uchun kundalik mavjudlikni va hayot sharoitlarida shunday qulayliklar yaratiladiki, ular jamiyatda qabul qilingan shakllarga ancha yaqin yoki ular bilan deyarli mos kelgan bo’ladi.
Boshqalar singari nogiron insonlar ham haqli bo’lgan va ushbu tamoyil qamrab oladigan normal kundalik hayot ni tashkiliy qismlari yoki komponentlari quyidagilardir:
-normal kundalik ritmi;
-normal xaftalik ritm;
-normal yillik ritm;
-hayot sikli kechishini normal shakllari;
-xurmat va tanlash xuquqi;
-ushbu madaniyat uchun xos bo’lgan normal jinsiy hayot shakllari;
-ushbu mamlakat uchun xos bo’lgan normal iqtisodiy shakllar va xuquqlar;
-ushbu jamiyat uchun xos bo’lgan normal turmush tarzi va atrof muhitga qo’yilgan talablar.
Normallashtirish tamoyili ushbu madaniyatda mavjud bo’lgan normal hayot ritmi, amaliyoti shakllari va nogironlarni yashashi, o’sishi va rivojlanishiga munosabatlarini ta’sirini tushunishga asoslanadi. U shuningdek, ushbu ijtimoiy shartlar va madaniyat shakllari istalgan ijtimoiy muhitda, barcha madaniyatlarda jamiyatda qabul qilingan inson huquqlariga mos ravishda nogironlarni parvarishlashga yo’naltirilgan konkret odamlar uchun ko’rsatma sifatida qo’llanilishini ko’rsatadi. Normallashtirish tamoyili tibbiyot, pedagogika ijtimoiy, siyosiy va qonunchilik ishlari bilan shug’ullanadigan insonlar uchun yo’lboshchilik vazifasini o’tashi lozim. Insonlar biror qaror qabul qilib, unga asoslanib harakat qilganda natijalar ko’p hollarda noto’g’ri emas, balki to’g’ri bo’lishi lozim8.
Normallashtirish tamoyili aqliy buzilishga ega barcha insonlar uchun, ulardagi orqada qolishning yengil yoki og’irligidan ham da ular dunyoning qayerida yashashlaridan qatiy nazar barcha uchun taa’luqlidir. U barcha jamiyatlarda va kattalar guruxlarida qo’llaniladi, u shuningdek individual rivojlanishga yoki jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashishi mumkin1.
Normallashtirish tamoyillarini qo’llanilishi aqliy buzilishga ega bo’lgan shaxslarning "normal" bo’lib qolishlariga olib kelmaydi, biroq uning maqsadi ularning yashash sharoitini funksional buzilishlarini inobatga olgan holda qanday yaxshilanishini ko’rsatish.
Normallashtirish tamoyilini shakllantirish vaqtida avvalambor aqliy buzilishlarga ega bo’lgan insonlarni parvarishlash xizmatini umum qamrov shakllantirish tamoyilini topish, "tibbiy modelga" qaram bo’lmagan holda jamiyatda yashash extiyojini ko’rsatish haqida so’zlangan. Ushbu nom bilan avvalambor imkoniyat va qobiliyatlarni emas, balki buzilishlarni ko’ra oladigan tizim nomlangan. Bu tizim istalgan "kasalxonalarni", yopiq muassasalarni va izolyasiyalarni yuzaga keltirgan.
Normallashtirish tamoyili barcha funksional buzilishlarga ega bo’lgan, kelib chiqish sababalaridan qat’iy nazar oilalaridan, jamiyatdan, madaniyatdan mahrum bo’lish xavfi bo’lgan insonlarga tegishli bo’lib, bu tamoyil ularning reabilitasiyasi va ijtimoiy integrasiyasi uchun xizmat qiladi.

Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin