Inklyuziv ta’lim-bu (nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli) maxsus ta’limga muhtoj bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir. U umumiy ta’lim tuzilishining muhim qismini tashkil qiladi va hamma uchun birdek ta’lim beruvchi oddiy maktablarda olib boriladi.
An’anaviy termin «maxsus ta’lim» nogiron o’quvchilar ta’limini umumta’lim maktabdan tashqarida yoki u bilan bog’liq holda olib boriluvchi tizimni anglatadi. Inklyuziv ta’lim asosan oddiy sinflarda va o’quvchilarga yaqin bo’lgan oddiy maktablarda olib boriladi.19
Oddiy sinf muhitidan ajratish, oddiy sinflarda ta’lim olishda qo’shimcha yordam va xizmatlar olib borilayotgan ta’lim, ijtimoiy va ichki ehtiyojlarni o’quvchilar talabiga javob bermayotganligi to’g’risida dalillar mavjud bo’lsa, qisman yoki mustasno hollarda, to’la amalga oshirilishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim bolalarning turli ehtiyojlari va qobiliyatlari, jumladan ularni o’rganish usullari va bosqichlaridagi farqlarni aniqlaydi va ularning ehtiyojlarini qondiradi. Bu individuallashgan o’qitish metodi va muvofiqlashtirilgan o’quv reja hamda eshitish asboblari va materiallar asosida amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish bo’lib, javobgarlik butun maktab jamoasi bo’yniga yuklatiladi. Bunda sinf rahbari yordam ko’rsatish borasidagi xizmatlarni bajarish orqali asosiy rolni o’ynaydi. Bu kabi yordamlar turli xil shakllarda bo’ladi. Ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Ko’chib yuruvchi-qatnovchi, maxsus tayyorlangan Resurs o’qituvchi, vazifasi:
Sinf rahbariga maslaxat va yordam berish.
Maxsus o’qitish qo’llanmalari va materiallar bilan ta’minlash.
Ota-onalar, ko’ngillilar yoki katta o’quvchilar tomonidan mavjud bo’lgan yordamlarni ta’minlash.
O’quv reja, dars jadvali va baholash yo’l-yo’riqlariga moslashish va o’zgarishlarga ko’nikish masalalarini shakllantirish.
O’qituvchilar malakalari va bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish.
Faol va qo’llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o’z ichiga olgan ijobiy maktab muhiti bo’lishi shart.
Ma’muriyatga bolalarni aniqlash va baholashda yordam ko’rsatish.
Ijtimoiy, psixologik va sog’liqni saqlash xizmatlarini muvofiqlashtirish.