Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали


Normalizasiya, integrasiya, imkoniyatlarning tengligi va umumiylik



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə22/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Очилова Зарина

Normalizasiya, integrasiya, imkoniyatlarning tengligi va umumiylik. Ko’p hollarda normalizasiya iborasi noto’g’ri talqin qilinadi. Bu nogiron odamni normal holga keltirish degani emas. Aksincha, ular qanday bo’lsa, shunday qabul qilinish huquqiga ega bo’lishlari kerak. Ularga jamiyatda teng huquqli insonlar sifatida yashash imkoni berilishi kerak. Normallashtiriladigan narsa bu hayot kechirish tarzidir. «Normal holatlar» deb biz - ma’lum bir mamlakatda yashovchi barcha odamlarga taalluqli mavjud hayot tarzini tushunamiz. Normallashtirishning maqsadi, nogiron fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar tengligini berishdir. Masalan, maktabga sog’lom bolalarning 86% borsa, nogiron bolalarning 1,2% emas ularning ham 86% borishi kerak.
Ushbu yangi tizimda nogironlarga jamiyatning «ikkinchi darajali shaxslari» sifatida muomala qilish o’z ma’nosini yo’qotadi. Nogiron bolalarni sinflarga ajratish, maxsus joylarga joylashtirish, ajratib ta’lim berish va ularning hayotlariga beparvo bo’lishga ehtiyoj qolmadi.
Oldingi ajratib ta’lim berishlar shuni ko’rsatadiki, bunday tizim odatda yakkalash, ahamiyatsizlik va salbiy munosabatlarga olib kelgan. Bugungi olib borilayotgan harakatlar nogiron shaxslarni jamiyatning haqiqiy a’zolari sifatida faoliyat yuritishlariga qaratilgan. Bunday holatlarda an’anaviy tushunchalar yangi tushunchalardan tubdan farq qiladi. Bu kabi yangi intilishlarda integrasiya diqqat markazidagi asosiy narsa bo’lishi kerak. Teng huquqli maktab barpo eting - inklyuziv maktab - muhim maqsadlardan biriga aylanmoqda. Bu kabi maktablar barcha tabaqalardagi yoshlarni o’z bag’riga olib ularning barcha ehtiyojlariga javob beradi. U o’z bag’ridagi barcha o’quvchilarga moslashgan bo’ladi. Natijada, hech kim siqib chiqarib yuborilmaydigan va ham ma bolalarga ochiq umumiylik muhiti vujudga keladi.
Integrasiyani keng targ’ib qilish uchun segregasiya (ajratish) bo’lishi kerak. Shundan so’ng, boshidan har bir nogiron bolani unga mos bo’lgan joyga qo’shib qo’yish mumkin. Shunda integrasiya qayta tuzatish tushunchasiga aylanadi. Inklyuziv maktab barchani ajratmasdan o’z safiga qabul qiladi va ularga diferensiyalashgan ta’lim-tarbiya beradi. Integrasiya to’g’risida gapirishga xojat ham qolmaydi va vaqt o’tishi bilan «maxsus» ta’lim «inklyuziv ta’lim»ga aylanadi. Barchaga sifatli ta’lim berish va teng imkoniyatlar yaratish diqqat markazida bo’ladi. Rivojlanishning bu bosqichiga erishish uchun jamiyatdan nogiron odamlarni chiqarib tashlashni to’xtatish juda muhimdir. Ularga inson huquqlari doirasida munosabatda bo’lish kerak. Nogironlik siyosati to’laligicha beg’araz yordam ko’rinishini olishi kerak va nogiron odamlarni faol jalb etish rejasini tuzish uchun «Jamiyat barcha uchun» tushunchasi asosida segregasiyani tashkil qilish kerak.

Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin