Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə24/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Очилова Зарина

Yangi yo’nalishlar. Butun jahondagi ehtiyoj va ta’minot o’rtasidagi bog’liqsizlik nogiron bolalarga ta’lim berish strategiyasini qo’llab-quvvatlashni ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa, pullik maxsus maktablar va markazlar ham ma holatda ham ajratishni tezlashtiradi va shu bilan birga, ko’plab nogiron bolalarning trening va ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oddiy maktablar ko’proq ahamiyat kasb etishi kerak. Ular maqsadlari, o’qinish va dasturlarini qaytadan tuzishlari kerak va nogiron bolalarni o’z ichiga oluvchi, va turli xildagi o’quvchilarni talabini qondiruvchi inklyuziv yondashuvga qabul qilishlari kerak (3-jadvalga qarang).

TA’LIM





An’anaviy yondashuv

Inklyuziv yondashuv

  • Ta’lim ba’zilar uchun

  • Ta’lim barcha uchun

  • O’zgarmas

  • Moslashuvchan

  • Jamoaviy o’qitish

  • Individual o’qitish

  • Ajratilgan muhitda o’rganish

  • Integrasiya muhitida o’rganish

  • O’qitishga kuch berish

  • O’rganishga kuch berish

  • Predmetga asoslangan holda

  • Bolaga asoslangan holda

  • Diagnostik-istiqbolli

  • Ta’limiy

  • Imkoniyatlar ajratish orqali cheklangan

  • Imkoniyatlar barcha uchun bir xilda

Z-jadval Turli talimiy amaliyot


«Kelib chiqishi jihatdan umumiy paralel bo’lgan hozirgi maktab tizimi va maxsus maktablar yo’naltirish va integrasiyadan rivojlanib borayotgan inklyuziv maktablarga aylanib bormoqda. Rivojlanib borayotgan tizim uchun inklyuziv maktablar qo’shimcha tanlanishi kerak bo’lgan imkoniyat emas, balki majburiydir.» (Jangira, 1994)
Buning natijasida oddiy sinf xonasi nogiron bolalar ta’limi uchun birinchi imkoniyatga aylanadi. Og’ir va murakkab qiyinchiliklari bor bo’lgan bolalarga ba’zi hollarda boshqa turdagi, maxsus maktablar va markazlar yoki oddiy maktab ichida maxsus bo’lim kabi dasturlar qo’llanishi mumkin. Sinf xonasi ehtiyojni qondira olmagunga qadar bu qo’shimcha imkoniyatdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Yuqorida tilga olingan strategiyaning sog’liqni saqlash xizmati bilan o’xshashlik tomonlari bor: Kasallarning ko’pchiligiga ularning uylarida yoki yaqin oradagi klinikalarda xizmat ko’rsatiladi. Ba’zilariga shifoxonadan joy beriladi. Ularning juda oz qismi maxsus tibbiy yordam bo’limida davolanadi. Odatda biz burnimiz oqsa shifokorga murojaat qilmaymiz, Shunga o’xshash, ko’pgina maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o’zida ham qondirsa bo’ladi. Ularning juda oz qismiga maxsus maktablarda mutaxassislar tomonidan zarur yordamlar ko’rsatiladi. Berilayotgan ta’lim, albatta bolaning haqiqiy ehtiyojlariga mos kelishi kerak. Shu yo’l orqali qimmatbaho va yetishmaydigan mutaxassis xizmatlari zarur holatlar uchun saqlab qo’yiladi.
Ushbu yangi yo’nalishlarga bog’liq holda, maxsus maktablar keng suratda resurs markazlariga aylana boshladi. Ular o’zlarining yuksak tajriba va bilimlarini qo’llay oladigan keng ko’lamdagi dasturlarda qatnasha boshlashdi. Ular o’zlarining faoliyatlarini oddiy maktablar, oilalar va jamiyat bilan bog’lagan holda olib borishadi.

Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin