Qisqa xolga keltiring. Bolaning diqqati qocha boshlaganda uning e’tiborini jalb etish va uning ishonchi va intilishini yangilash uchun uni biron bir boshqa narsaga e’tiborni qarating. Bolaga qachon tanaffus berishni ham biling. Esingizda tuting, oldin muvoffaqiyatsizlikka uchragan bolaning o’ziga ishonchini shakllantirish juda qiyin kechadi.
Maqtov. Muvoffaqiyatga erishish uchun bolaga juda ko’p imkoniyatlar bering. Haqikiy harakat va muvaffaqiyatlarni rag’batlantiring. Ha kichkina bo’lsada bola erishgan har bir yutuqni taqdirlang. Bolada o’ziga ishonchni vujudga keltiradi. Muvaffaqiyatsizliklarga ijobiy munosabatda bo’ling. «Juda ko’p harakat qilding, harakat qilishda davom et va aminmanki buni uddasidan chiqasan» kabi iboralarni ishlating. Bir narsani bolaga qayta-kayta tushuntirishga to’g’ri kelsa, sabrli bo’lish.
II bob. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’limga jalb qilishda inklyuziv ta’limning rivojlanish bosqichlari va holatni o’rganish.
II.1 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish.
Ko’pgina mamlakatlarda nogiron bolalar ta’minoti va ular uchun strategiyalarni rivojlantirishda 4 ta bosqich yoki yo’nalishni ko’rish mumkin.
1. Ajratish bosqichi.Nogiron odamlarning hayoti asosan yakkalab qo’yishlar bilai bog’liq. Ko’plab jamiyatlarda nogiron odamlarga qo’rquv va past nazar bilan qarab ulardan voz kechib kelinmoqda. Nogiron odamlar haddan tashqari og’ir kambag’allikdan qiynalishadi. Agar ularga biror bir ish berilsa, bu ish eng yomon ishlardan biri bo’ladi. Ularning qalbida shayton o’rnashib olgan yoki ular yovuzlik va jodugarlik qurbonlari deb qabul qilishganligi sababli ba’zi hollarda ataylab ularni o’ldirishadi. Rivojlanishning bu bosqichida nogiron odamlarga ahamiyat bermaslik, ularni qabul qilmaslik, azoblash va ulardan foydalanish oqibatida ularni jamiyatning chiqindilari deyish mumkin.
2. Ular bilan shug’ullanish bosqichi.Nogiroin odamlarga diniy va insonparvarlik nuqtai nazaridan yordam beriladi va ular haqida qayg’uriladi. Ko’p hollarda bunday munosabatlar noodatiy uyushmalar tomonidan amalga oshiriladi. Nogiron odamlar asosan yordam berish obe’ktidir. Ular o’zlariga ko’rsatilayotgan yordamlarning sifatini baholay olishmaydi.
Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda, bu kabi ishlar ta’lim tizimida nogiron bolalar uchun «Maxsus Ta’limni» paydo bo’lishi bilan amalga oshiriladi. Jamoaviy modelning umumiy qismi sifatida maxsus ta’lim ko’ngilli, asosan missionerlar (Xristian dini targ’ib qiluvchilar), uyushmalar tomonidan amalga oshiriladi. Ular hukumat nomi bilan ish ko’rishadi, lekin ular faoliyatiga hukumat aralashmaydi. Ular o’z-o’zini boshqaruvchi bir qancha maxsus muassasalarni tashkil etishgan. Bunday muassasalarga jalb qilingan bolalar yaxshi ta’lim -tarbiya olishadi, lekin ota-onalari va qarindosh urug’lari bilan kam aloqada bo’lishadi. Shu sababli ularning ko’pchiligi ikkinchi nogironlikni orttirib olishadi. Bu ularning segregasiya (ajralgan holda bo’lish) darajasini yanada yomonlashtiradi.
Bolalarning ba’zilari butun umrlarini ushbu maktablarda o’tkazib yuborishadi.
Bu borada hukumatning aralashuvi juda kam. Nogiron odamlarga jamiyat kam ahamiyat berdi. Bunday holatlarga ayrim bir baxtsiz oilalarning «shaxsiy muammolari» va shu oilalarning o’zlari qo’ldan kelgancha hal qilishi kerak bo’lgan tashvishlari sifatida qarashadi.