Maktab yoshida. Maktab yoshi muhim davr sanaladigan intensiv rivojlanishning shunday bosqichiki, inson nuqtai nazaridan o’z imkoniyatlari va qobiliyatlarini anglash davridir. O’z-o’zini tushunish bilimlariga ega bo’lishdan, maktabni yakunlagandan so’ng normal hayot kechirish uchun zarur bo’lgan o’zini baholash, o’ziga baho berish jihatidan muhim bosqichdir. Maktab davri, bu shunday davrki, unda maktab tashqarisidan olingan taa’surotlar shaxs shakllanishida va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanishda orqada qoladigan maktab yoshidagi bolalar va o’smirlar taa’surotlarini chegaralab yoki xiralashtirib qo’yadigan yopiq muhitda yashamaslik kerak. Shuningdek bolalar imkon qadar o’ziga tengdosh nogiron bo’lmaganlar bilan munosabatda bo’lib, ijtimoiy tasavvurlarga ega bo’lishlari, ularning ijtimoiy moslashuvi esa ular uchun oddiy hayot tarzini va ochiq jamiyatni oddiy shartlarini tajribada qo’llay olishga asos bo’lishi kerak.
Bu ma’noda eshitishi zaif bolalar mustasno holat bo’lib, ular uchun imo-ishora nutqida o’qitadigan maxsus sinf tashkil qilib bo’lmaydi. Ularga maktab-internatga borish imkonini berish lozim, bu yerda ular nutqiy va tushuncha munosabatlarida rivojlana oladilar shuningdek imo - ishora nutqini bilmaydiganlar bilan aloqada bo’lishda zarur bo’ladigan bilim va malakalarga ega bo’ladilar.
Yirik yopiq muassasada yashayotgan bolalar kattalar hayoti haqida asosan xizmatchilarni kuzatib ma’lumotga ega bo’ladilar, bu esa ularga chegaralangan bilim va tajribani beradi. Yana bir xavf shunda mujassamki, muassasada qobiliyatlar qotishi mumkin, chunki rivojlanishida yuqori potensialga ega bolalar ko’pchilikka majburan moslashadilar.
Yopiq muassasalarda bolaning rivojlanish muhitlari - pedagogik, ijtimoiy, ruhiy nuqtai nazardan to’g’ri kelmasligi ilmiy isbot qilingan.
Hatto og’ir aqliy qoloqlikka ega bolalarni maktabga borishlari uchun maqsadga yo’naltirilgan va yordamchi pedagogik vositalar bilan ta’minlangan o’quv rejasi zarur. Xozirgi kunda bunga xalqaro miqyosda imkoniyat bor. Bunday o’qitish ota onalarga farzandlarini maktabda olayotgan bilimlarini yukiga ko’ra uyda qoldirish imkonini oshiradi12.
Bu esa xozirda yopiq muassasalarda yashovchi bolalarni keyinchalik jamoa bo’lib yashash xonadonlariga va maktab yotokxonalariga o’tish va ochiq jamiyatda yashashga tayyorgarlik bo’ladi. Shu tarzda ochiq jamiyatga integrasiyalash beradigan tizimdan foyda keltirib chiqarish mumkin.