Xurmat va tanlash xuquqi. Normallashtirish tamoyili shuningdek, funksional buzilishga ega odamlarning talablarini, istaklarini ularni tanlash xuquqlarini maksimal darajada xurmat qilish va inobatga olish kerakligini anglatadi. O’z shaxsiy komitetlarini tuza oladigan insonlarni intilishlarini rag’batlanrish lozim. Ularning vakillari esa ishchi xizmatchilar bilan birga qoidalar, tartib va voqyealarni muhokama qilishda qatnashishlari lozim.
Bu ushbu tamoyilni markaziy tashkil etuvchisi bo’lib u gapira olmaydigan yoki fikrini bayon etib bera olmaydiganlar fikri ham inobatga olinishi kerakligini anglatadi. U shaxsiy o’zlikni xurmat qilish zaruriyatini anglatadi: agar imkon bo’lsa, funksional buzilishli insoning o’zi u kiyimlarini, mebel va boshqalarini sotib olishi zarur yoki vaziyatga ko’ra ularni sotib olinishida ishtirok etishi kerak.
«Hurmat va tanlash huquqi» yopiq muassasalarda kamsituvchi guruxga ega, ochiq jamiyatda esa bu fuqaro sifatida jamiyat ishlarida ishtirok etish imkonini va muvoffaqiyatli ish olib boruvchi demokratiyani anglatadi.15 Ushbu madaniyat uchun xos bo’lgan normal jinsiy hayot shakllari.Normallashtirish shuningdek insonlar "2 jins" dunyosida yashashlarini anglatadi. Aqliy buzilishga ega insonlarni bunday munosabatlari bilan bog’liq xavf xatar yuqori darajada oshirilgan edi. Bu ko’p hollarda aqliy buzilishga ega odamlarga zarar keltiradigan tabiiy bo’lmagan segregasiyaga olib kelgan va ularni tabiiy rivojlanishiga to’sqinlik qilgan. Ular ham boshqalar singari ancha ozod va tabiiy sharoitda munosabatda bo’lish imkoniga ega bo’lishlari lozim — nafaqat bolalar bog’chalarida, biror mashg’ulotda, uylarida balki o’z turar joylarida ham. Tajribalarning ko’rsatishicha, jamoa bo’lib yashash xonadonlarida va turli turdagi muassasa bo’limlarida erkak va ayollarni birga yashashi bilan bog’liq yuqori pog’onalar mavjud. Buning natijasida yaxshi xulq va ancha tabiiy muhit shakllanadi. Biz barchamiz bu narsani anglashimiz lozim. Bu hislar soxasi va jinsiy layoqat u yoki bu darajada hayot ning tashkiliy qismlaridir va ular doim ilk bolalikdan keksalikgacha turlicha namoyon bo’ladi. Biz muhabbat paydo bo’lganida u juda qadrli va biror kimga taqdim etishimiz mumkin bo’lgan narsa ekanligini, uni rivojlantirish va ideal holatlarda uni uzoq vaqt mobaynida saqlashimiz muhimligini anglaymiz. Biz bilamizki, bolalar shunday zotki, ularni sevish , ardoqlash , parvarishlash, ko’p yillar davomida yo’naltirib turish lozim.
Jinsiy ma’rifat har bir inson uchun tushunarli shaklda berilishi va birgalikdagi hayot ni omadli bo’lishni o’z ichga olishni bilishi lozim. Shuningdek o’zaro xurmat, gigiyena haqida va turli kontrasepsiya vositalarini qo’llash va xomiladorlik haqidagi bilimlarini yoritishi lozim. Avvallari majburiy va kamsituvchi sterilizasiyalar o’tkazilgan, xozirda esa turli kontrasepsiya vositalaridan foydalanishga binoan undan voz kechish mumkin. Bundan tashqari, kasallanish xavfi majburlash va xo’rlash, o’zini himoya qilish, o’ziga nisbatan xavf tug’ilganda yaqindagi insonga murojaat qilish kerakligi, iloji boricha polisiyaga xabar berish kerakligi haqida ma’lumotlar beriladi. Mana shu xajmdagi bilimlarni egallash zarur bo’ladi.
Ba’zi odamlarga nikoh qurish bilan bog’liq va bola huquqlari bilan bog’liq qonunlar haqida gi bilimlar ham kerak bo’ladi.16 Shuningdek, ular bolani parvarishlashni bilish lozimligini va uni parvarishlashda jamiyat xizmatchilari bilan ham korlikda bo’lish zarurligini bilishlari lozim.
Jinsiy hayot ni normal shakllarini yopiq muassasalarda yuzaga keltirib bo’lmaydi, ochiq jamiyatda esa real talablar va imkoniyatlar mavjud.