Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали


Ushbu mamlakat uchun xos bo’lgan normal iqtisodiy shakllar va huquqlar



Yüklə 365,8 Kb.
səhifə13/34
tarix19.12.2023
ölçüsü365,8 Kb.
#186315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Очилова Зарина

Ushbu mamlakat uchun xos bo’lgan normal iqtisodiy shakllar va huquqlar. Aqliy buzilishga ega insonlar imkon qadar normal darajadagi hayotga erishishlari uchun albatta ularga boshqa barcha insonlarda mavjud fundamental iqtisodiy va ijtimoiy himoyani ta’minlash lozim. U umumiy ijtimoiy qonunchilikka va kompensasion iqtisodiy yordamchi o’lchamlarga bog’lik bo’ladi. Bu masalan, bolalar nafaqalarini, vaqtdan ilgari nafaqani , ishga ko’ra nafaqani , minimal maosh va boshqalarni o’z ichiga olishi mumkin.
Biror turdagi yopiq muassasalarda yashaydiganlar haqida so’z yuritadigan bo’lsak bu mablag’ni katta qismi oziq -ovqatga va yashashga sarflanishi mumkin, ammo turli sarflar uchun zarur bo’lgan kundalik pul miqdorini bu inson doimiy ravishda olib turishi lozim, bu real ijtimoiy treningga asos soladi, unga erkin tanlash imkonini beradi va shaxsiy kompetentlik hissini oshiradi.
Ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazaridan xozirda barcha yopiq muassasalar umuman samarasiz bo’lsa kerak. Ular o’zlari ta’sarruflaridagi insonlarni ongsizlashtiradi va ularni ijtimoiy munosabatlarda sustlashtiradi, shuningdek xizmatchilarni mutaxassisligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ishchilar harakatlari ijtimoiy jixatdan ko’rib chiqilgan ahamiyatli natijalarga olib kelmaydi.
Yopiq muassasalar uchun xos bo’lgan fikrlar obrazi o’zi ortidan shuningdek, sarflar ularning samaradorligidan kelib chiqqan holda hisoblanmayotganligi bilan bog’lik xavfni yetaklaydi. Mablag’ini moslamalarga emas, insonlarga va xizmatchilarning ta’limiga sarflash lozim. Ular esa yildan yilga tajriba orttirib boradilar. Yopiq muassasalar iqtisodiy shakldan chetga chiqadilar. Mablag’ini kadr resurslariga va nogironlarni o’qitishga sarflash lozim.
Ushbu jamiyatda atrof muhitga va turar joy standartlariga quyiladigan normal talab. Normallashtirish tamoyili - turar joy standartlariga masalan, maktab yotoqxonalari, jamoa bo’lib yashash xonadonlari va boshqa xonadonlarga qo’yiladigan talablar boshqa fuqarolarga qo’yiladigan talablar bilan bir xil bo’lishi lozimligini anglatadi . Bu funksional buzilishga ega insonlar turar joyi hech qanday vaziyatda ular rozi bo’lgan insonlar sonidan ortiq insonga mo’ljallanishi kerak emas. Vaqt o’tib borgani sayin yopiq muassasalar tobora samarasiz bo’lib bormoqda, chunki maosh va boshqa sarflar o’sib borgan, ammo natijalarni sezilarli yaxshilanishi bo’lmagan. Xizmatchi personal, ota-onalar shuningdek, aqliy buzilishga ega odamlarni shartlarini insoniyligini ko’rib chiqish talablari ham keyingi rivojlanishga asos bo’ladi.
Jismoniy buzilishga ega insonlar uchun ijtimoiy inter faollikni va harakatlanishni osonlashtiradigan maxsus texnik moslamalari mavjud muhit zarur. Yordamchi texnik vositalar bilan bu odamlar katta mustaqillikka va shaxsiy hayotlarida ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladilar.17
Izolyasiya va segretasiya insoniy kadr -qimmatni tushiradi va turli fikrlarga zamin yaratadi. Aqliy buzilishga ega odamlar hayot ini integrasiya va normallashtirish ota-onalari bilan normal sharoitlarda yashash imkonini beradi va insonlararo munosabatlarni rivojlanishini yuzaga keltiradi, bu esa nogironni jamiyatda tushunilishi ijtimoiy sabr va uning integrasiyasiga asos bo’ladi.
Funksional buzilishga ega odamlarni zaruriy extiyojlarga moslashuvchi oddiy ish joyi va maktablarni qo’llanilishi amalda tejamkorliroqdir. Bu maxsus maktab va ish joylarini barpo etishdan qulayroq. Chuqur og’ir yoki murakkab nogironlikka ega odamlar uchun ochiq jamiyatni shunday faoliyat turlariga imkon yaratilishi kerakki, u yerdagi joy va atrof muhit juda muhim kasb etadi, buning uchun nogironlarni harakatlanishlarga bog’liq bo’lgan maxsus transportlar, moslamalar zaruriyati kelib chiqadi.
Yopiq muassasalar normal muhitni ng aksidir. Ochiq jamiyatda yashovchi funsional buzilishga ega odamlarning turar joylari ba’zida ushbu jamiyatni boshqa guruxlari uchun ham foydali bo’ladigan moslashuvini talab etadi .
Aqliy buzilishlarga ega odamlarni o’qitish jarayoni uchun normallashtirish jarayonini ustunliklari.18
Yuqorida nomi keltirilgan normallashtirish tamoyilini 8 ta tashkil etuvchilariga rioya qilish, aqliy buzilishga ega aniq bir odamni hayot vaziyatini normallashtirish imkonini beradi. Normallashtirish tamoyili ko’pchilik uchun to’liq mustaqilikka va ijtimoiy integrasiyaga erishish imkoniyatlarini ochishi mumkin. Hatto, butun umrlari davomida u yoki bu darajada parvarish olishlari zarur bo’lgan insonlarga ham nisbatan mustaqillikka erishishga yordam berishi mumkin. Biror rivojlanishi jiddiy orqada qolgan yoki murakkab tibbiy, ruhiy yoki ijtimoiy turdagi nogiron insonlar biror kimsaga tobe bo’lganlarida ham jamiyatda qabul qilingan normal hayot kechirish imkoniga ega bo’lishlari mumkin.
Aqliy buzilishga ega bolalar, o’smirlar va katta yoshdagi insonlar uchun deyarli har bir vaziyat pedagogik ahamiyatga ega. Bilim olishga va o’qishga har bir fuqaroni haq huquqi bo’lganidek, bu insonlar ham o’zlariga mos keladigan o’qish, trenning va rivojlanish huquqiga egalar. O’z -o’zini baholash uchun alohida qobiliyatlarni rivojlanishi doimo butun shaxsni rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun aqliy buzilishga ega odamlar bilan mashg’ulot o’tkazish, uni hayot ini shakllantirishda ishtirok etayotgan odamlarga jiddiy mas’uliyatni yuklaydi. Rivojlanishda orqada qolish inson uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi va unda tushkunlik hissini uyg’otadi, bu esa unda o’ziga baho berishni shakllantirishga ko’maklashish zaruriyatini tobora orttiradi.
Rag’batlantirish va boy taa’surotlarga binoan inson o’zini faol shaxs sifatida qabul qila oladi, kam rag’batlantirish esa shu vaqtni o’zida qo’shimcha nogironlikni yuzaga kelishiga olib keladi. O’ziga xoslikni anglashni rivojlanishi -katta aham iyatga ega. O’zini hech kimligi hissi- xavfli va zararli. Aqliy buzilishga ega insonni o’zi haqida gi tasavvuri uning shaxsiy bilimlarini ijobiy sezishga ko’ra shakllanishi kerak. Boshqalar tomonidan ajratib qo’yish, ishonchsizlik, qo’rquv va kuchsizlik hissini uyg’otadi.
O’zini hurmat qilish hissini rivojlantirish uchun aqliy buzilishga ega odam o’z intilishlari orqali turli ishlarni uddalay olayotganini anglash imkoniga ega bo’lishi va shu bilan o’ziga mas’uliyatni olishni o’rganishi kerak. Demak, ko’p hollarda shaxsiy faollikka imkon bermaydigan haddan ziyod tor va himoyalangan muhit uni omadsiz ekanligi, uning hayot iy mavqyei va e’tiborini yo’qligi hissini uyg’otishga olib keladi.
O’z qadr qimmati hissini rivojlanishi o’zini tutishni ma’lum darajasiga yetish borasida hal qiluvchi faktor bo’lishi mumkin. Shu vaqtni o’zida boshqalar tomonidan hurmat va e’tiborni ko’rsatilmasligi xavf- xatar va bo’shliq hissini uyg’otadi.
Aqliy buzilishga ega odam o’zini katta yoshdagi mas’uliyatli va o’ziga to’g’ri baho bera oladigan inson sifatida qabul qilinishi lozim bo’lgan bosqichga yetganda bu barcha omillar asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bu omillarni muhim sanalishi shunchaki, ulg’ayish shuningdek o’z aqliy qoloqligini anglab yashashga o’rganish zaruriyatini anglatadi.

Yüklə 365,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin