Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan


- Ma’ruza Mavzu: Tayanch-harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə47/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
маъруза матнлари

7- Ma’ruza


Mavzu: Tayanch-harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.


REJA.

1.Tayanch-harakat a’zolarining ahamiyati


2. Skelet haqidagi umumiy ma’lumotlar.
3. Bolalar va o’smirlar tayanch-harakat a’zolarining rivojlanishi
4. Tayanch - harakat a`zolarining gigiyenasi


Tayanch iboralar: Tayanch - harakat, miofibrilla, miofibrilla, skelet,rivojlanish, qisqarish jarayoni, funksiya, nervli, fibrozli


Nazorat savollari:

  1. Tayanch – harakat a’zolarining tarkibiy qismlari va hayotdagi aqamiyati.

  2. Skelet haqidagi tushunchangiz va suyaklarning rivojlnish bosqichlaridagi roli.

  3. Mushaklar tizimi, muskul tolalarining tuzilishi va funksiyalari.

  4. Miofibrilla, Miofibrilla muskullarning xususiyatlari.

  5. Tayanch – harakat a’zolarini rivojlanishida jismoniy mashqlarning roli.

6. Muskullar oqsillari va ularning qisqarish jarayonidagi ahamiyati.


Tayanch-harakat a’zolarining ahamiyati
Harakat a’zolari tizimiga suyaklar (skelet), bog’lar, bug’unlar va muskullar kiradi. Suyaklar, bog’lar va bug’unlar harakat a’zolarining passiv elementlari hisoblanadi. Harakat apparatining faol qismi bo’lib muskullar hisoblanadi.
Harakat a’zolari tizimi – yaxlitdir; har bir organ va uning qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi.
Skelet har bir organni va butun tananing tayanchi va himoyachisi bo’lib xizmat qiladi, ko’plab suyaklar esa tana va uning qismlari tomonidan bajariladigan murakkab harakatlarning kuchli ko’targichi ham hisoblanadi. Muskullar barcha suyakli ko’targichlarning harakatini ta’minlaydi. Skelet tananing tuzilish asosini tashkil etadi va jiddiy darajada uning o’lchami va shaklini aniqlaydi. Skeletning miya qutisi, ko’krak qafasi va chanoq, umurtqa pog’onasi tanasi kabi qismlari, miya, o’pka, yurak, ichaklar kabi hayotiy muhim a’zolarni joylashadigan joyi va himoyachisi bo’lib hisoblanadi.
Yaqin vaqtlargacha odamlar organizmidagi skeletning roli, tananing tayanch va harakat faoliyatidagi ishtiroki bilan uning funksiyasi chegaralangan deb hisoblanardi. Ana shundan «tayanch-harakat apparatlari» degan atama yuzaga kelgan. Hozirda skeletni funksiyasi juda keng ekanligi aniqlangan.
Skelet moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, aynan qonning mineral tarkibini ma’lum darajada ushlab turilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari suyaklar tarkibiga kiruvchi qator moddalar (kalsiy, fosfor, limon kislotasi va boshq.) zarur bo’lgan paytlarda almashinuv reaksiyalariga yengil qo’shiladi.
Ko’pchilik muskullar suyaklarga tutashgan bo’ladi. Muskullar skelet suyaklarini harakatga keltiradi va ish bajaradi. Ko’plab muskullar, tana bo’shlig’ini o’rab ichki a’zolarni himoya qiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin