Normurodova m. A. Yosh fiziologiyasi fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə46/71
tarix07.01.2024
ölçüsü0,63 Mb.
#206858
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
маъруза матнлари

Prostaglandinlar. Dastlab jinsiy bezlarda topilganligi uchun bu moddalarning hosil bo’lish joyi faqat prostata bezi deb taxmin qilingan va ularga ana shunday nom berilgan. Hozirgacha to’rta (A, V, E va G) guruhga kiradigan 14 xil prostataglandinlar ma’lum. Bu moddalar o’z tabiatiga ko’ra to’yinmagan yog’ kislotalar bo’lib, gormonlar qatoriga kiradi. Keyingi paytlarda prostataglandinlarning jinsiy bezlardan tashqari organizmdan olingan ko’pchilik organ va to’qimalarning ekstraktlarida ham bo’lishi aniqlandi. Prostataglandinlarning ta’siri nihoyatda xilma-xildir. Jumladan, ularning ayrimlari hujayra fermentlariga ta’sir qilsa, ayrimlari qon bosimini oshiradi, boshqalari esa qon bosimini pasaytiradi. 1, 2 prostaglandinlar me’da shirasi ajralishini va ajraladigan shira kislotaligini pasaytiradi, ichaklar peristaltikasini jonlantirib, bronx va traxeya muskullarini bo’shashtiradi. Prostoglandinlarning miqdori bilan spermadagi spermatozoidlarning soni o’rtasida bog’lanish bor.
Bulardan tashqari, organizmning xilma-xil organlaridagi maxsus hujayralar ham ichki sekretor faoliyatiga ega. Jumladan, buyrak yuksta moduleyar kompleksining mioneyroepitelial hujayralari renin degan biologik faol modda ajratadi. Renin aldosteronning hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, u bilan birga organizmda suv va tuzlar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari u qon bosimini ko’taradi, buyrakda qon aylanishining boshqarilishida qatnashadi.
Organizmdagi endokrin bezlarining o’zaro aloqasi asab tizimi orqali bajariladi va uning ishtirokida gormonlar organizmning funksiyalarini o’zgartiradi.
Ichki sekresiya bezlarining deyarlik hammasi efferent vegetativ nervlar bilan juda yaxshi ta’minlangan va ularda reseptorlar yoki afferent tolalari uchlarini saqlaydi. Demak, ichki sekresiya bezlarining faoliyati reflektor holda o’zgarishi mumkin. Reseptorlar mavjudligi tufayli bezlar reflekslar hosil bo’lish maydoniga aylanishi mumkin.
Hayvonlarda o’tkazilgan surunkali tajribalar asosida, aniqlanishicha endokrin bezlar (bo’yrak usti, qalqonsimon va qalqonsimon bez oldi bezlari) funksiyalari, ulardagi reseptorlarning qo’zg’atilishi natijasida asab tizimiga tushayotgan efferent impulslari tufayli reflektor ravishda o’z-o’zini boshqaradi.
Endokrin bezlaridan chiqayotgan afferent impulslari ham skelet muskullarining funksional holatini reflektor holda o’zgarishini chaqiradi. O’z navbatida muskul faoliyati paytida proprioreseptorlarning qo’zg’atilishi adrenalinning giperglekimik ta’sirini kuchaytiradi va insulinning gipoglikimik ta’sirini pasaytiradi (motor-endokrin reflekslar, P.M.Kaplan, 1963).
Nerv tolalarining kesilishi va qo’zg’atilishi ichki sekresiya bezlarining sekretorlik funksiyasini jiddiy darajada o’zgartiradi. Masalan, qorin nervining kesilishi, bo’yrak usti bezidan adrenalinning ajralishini kamaytiradi: depressorli nervlarning qo’zg’atilishi esa qalqonsimon va bo’yrak usti bezlarining sekretorlik funksiyasini tezlashtiradi: qorin yoki adashgan nervlar uchlarini qo’zg’atilishi qonda me’da osti bezining gormoni insulinni paydo bo’lishi hisobiga qonda qandning miqdorini kamayishiga olib keladi.
Vegetativ asab tizimining va ichki sekresiya bezlarining o’zaro bog’liqligi:
1) ichki sekresiya bezlarining funksiyasi vegetativ asab tizimining ta’siriga o’xshash, 2) qator ichki sekresiya bezlarini vegetativ asab tizimining periferik organlari deb qarash mumkin, 3) gormonlar vegetativ asab tizimining funksional holatiga ta’sir qilishda namoyon bo’ladi.
Asab tizimi qonga gormonlarni tushishini boshqaradi va barcha organlarni yaxlitligini va o’zaro aloqasini ikkita fiziolgik mexanizimlar bilan ta’minlaydi:
Nerv va nerv, gumoralli yo’llar bilan organizm funksiyalarini bajarishda uning tashqi muhit bilan birligini ta’minlashda asosiy rolni bajaradi. Nerv va nerv-gumoral mexanizmlar bir-biga bog’liq va bir vaqtda faoliyat ko’rsatadi. Asab tizimi ichki sekresiya bezlari funksiyalarini boshqaradi, gormonlar esa asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi.
Organizmdan gormonlar ishlab chiqarilishi, yosh ulg’ayishi bilan o’zgarib boradi. Gipofizning samototrop va ganadatrop gormonlari yosh o’tgan paytda ham uzoq muddat saqlanib qoladi va ayrim vaqtlarda, hatto ularning sekresiyasi ortishi mumkin, tireotrop gormonni sekresiyasi kamayadi bu esa qalqonsimon bezning ichki sekresiyasini kamayishga olib keladi. Adenogipofizning ichki sekresiyasi yosh o’lg’ayganda, bo’yrak usti bezning po’stloq qismining bug’unli zonasini sekresiyasidan oldin kamayadi. Demak, V.N.Nikitinning (1968) ta’kidlashicha turli bezlarning sekresiya xususiyati yoshga qarab turlicha o’zgaradi.
Bosh miya qayta yarim sharlari, ichki sekresiya bezlarining funksiyasini organizmni tashqi muhit moslashishini shartli va sharsiz reflekslar bilan birgalikda ta’min etadi. Shu yo’l bilan organizmni tashqi muhit sharoitlariga va uning ichki muhitini o’zgarishiga murakkab, lekin aniq moslanishini bajaradi, qaysiki organizmni hayotini va uning rivojlanishini ta’minlaydi.
Emosional holatlar paytida (qo’rqish,g’azab,og’riq va boshqa) juda ko’plab himoyaviy fiziologik jaryonlar bajariladi, qaysiki organizm bo’lg’usi talablariga nisbatan moslanish xususiyatlari bilan lol qoldirib kelmoqda. Emosiya – bu odam va hayvonlar organizmiga tashqi muhitning ma’lum darajadagi ta’sirini bosh miya katta yarim sharlari faoliyati tufayli yaxlit holda bajarilishini belgilovchi ko’rsatkich hisoblanadi.
Emosional qo’zg’alishlar jigar va muskullardagi zahirada saqlovchi glikogenlarni adrenalin ta’sirida glyukozaga aylanishi tufayli qon tarkibidagi qandlik darajasini oshishi bilan birgalikda kechadi. Xuddi shunday adrenalinning ajralishining ortishi og’riqli qo’zg’alishlarda ham kuzatiladi. Buyrak usti bezi olib tashlangan paytda har qanday kuchli g’azablanish ham siydik tarkibidagi qandning ajralishini chaqirmaydi. Og’riqli qo’zg’alishlar gipofiz funksiyasiga ta’sir ko’rsatishi aniqlangan, Masalan, kuchli og’riqli qo’zg’atish gipofizning ganodatrop gormonlarini ajralishini kuchaytiradi. Qator hayvonlarda jinsiy aloqa paytida reflekslar qo’zg’alishi tufayli gipofizning ganodotrop gormonlarini ajralishini chaqiradi.
Ichki sekresiya bezlarining olib tashlanishi moddalar almashinuviga bosh miya yarim sharlarining ta’sirini o’zgartiradi.
Turli gormonlar yoki mediatorlarni organizmga kiritish yo’li bilan shartli reflekslar hosil qilinishi tufayli bosh miya yarim sharlarining ichki sekresiya bezlari faoliyatiga ta’sir qilishini ko’rsatib turibdi.
Organizmning ichki muhitida, asab tizimiga mediatorlar va metobolitlar ta’sir qiladi va uning funksiyalariga nerv-gumoral yo’l bilan turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Mediatorlar asab tizimida neyronlararo sinapslarda va organlardagi nerv uchlarining oxirlarida hosil bo’ladi, ular nerv jarayonlarida ishtirok etadi. Ular asetilxolin, adrenalin, noradrenalin, serotenin, gamma-aminomoy kislotasi, R-moddasi (polipeptid), glutamin va aspargin kislotalari kiradi.
Asetilxolin, neyrogormon sifatida markaziy asab tizimining neyronlararo sinapslardagi asab jarayonlarini o’tkazishda ishtirok etadi, bundan tashqari, mionevralli apparatlarda, organlardagi bo’g’inlardan keyingi parasimpatik tolalarning uchlarida, barcha qo’zg’atuvchi bo’g’indan oldingi simpatik tolalarning uchlarida va teri bezlaridagi bo’g’indan keyingi simpatik tolalarning uchlarida yuz beradigan asab jarayonlarida ham ishtirok etadi. Uning lisitin fosfopipteddan hosil bo’lishida xolinesteraza fermenti ishtirok esa, uning parchalanishida xolinestereza fermenti faollik ko’rsatadi. Uning sintezlanishi uchun metionin aminokislotasining ishtiroki zarur, me’da osti bezidan ishlab chiqariladigan va glyutonin va lipokainlar xuddi xolin singari ta’sir ko’rsatishi aniqlangan.
Buyrak usti bezining adrenalin va noradrenalin gormonlari bir vaqtning o’zida ham neyron ham gormon mediatorlar bo’lib hisoblanadi. Ular simpatik tolalarning bug’undan oldingi tormozlovchi sinapslarida hosil bo’ladi, noradrenalin esa-ter bezlaridan tashqari barcha simpatik tolalarning bug’indan oldingi uchlarida tirozin aminokislotasidan hosil bo’ladi va perokatixalaminlarning (katixolaminlar) hosilalari hisoblanadi. Adrenalindan adrenoxolin hosil bo’ladi, qaysiki qo’rqqan paytda qonda kuzatiladi agglyutinasiya chaqirib qon tomirlarini toraytiradi. Monoaminooksidaza fermenti yordamida parchalanadi.
B guruhi vitaminlarning ayrimlari, masalan, tiamin va riboflavinlar odatda hujayralarni havo bilan taminlanishi va nafas olishda ishtirok etuvchi kofermentlarni hosil bo’lishi uchun material tashuvchilar hisoblanadi va aynan shu vitaminlarni roli okidlovchi fosforlanish jarayoniga asoslangan. Shu sababli yuqorida qayd qilingan B guruh vitaminlari va kofermentlar organizmga simpatik nervlari kabi ta’sir ko’rsatadi.
Nevrogormon sifatida qo’zg’atuvchi metobolitlarni eng muhimlaridan biri – gistamin hisoblanadi. U asab jarayonlarini utkazishda ishtirok etadi, qon aylanishi va me’da shirasida xlorid kislotasining ajralishini boshqaradi. Bu gistidin aminokislotasining hosilasi hisoblanadi va uning parchalanishida monoaminooksidaza yoki gestoaminaza fermentlari ishtrok etadi. Gistamin uzoq davom etuvchi bosh og’rig’i, terining qichishini va shishishini chaqiradi, shuning uchun ham u mahalliy og’riq chaqiruvchi gormon hisoblanadi. U oqsillar bilan birikkan bo’ladi, uni birikkan holatidan vitaminlar B va sirotalar xolos etadi, hamda uning ta’sirini kuchaytiradi.
Gormonlar faqatgina ichki sekresiya bezlarida hosil bo’lmagan. Juda ko’plab moddalar almashinuvi va organizmlarning funksiyalarini boshqaruvchi gormonlar bosh miyada ayniqsa uning balandlik ostida nafas va ayiruv organlari hamda ovqat hazm kanalida ham ajraladi. So’lak bezlaridan qon tarkibidagi kalsiy miqdorini pasaytiruvchi protein ajraladi. Hamda insulin gormoni kabi ta’sir qiluvchi, ya’ni qondagi qand miqdorini kamaytiruvchi modda ham hosil bo’ladi. Privratnikning (medadan o’n ikki barmoqli ichakka chiqish joyidagi qorin bo’yini) shilliq pardasidan gastirin ajraladi, u me’da shirasi ajralishini qo’zg’atadi, hamda u erda vitamin ham ajraladi, u me’da shirasi tarkibida xlorid kislota ajralishini qo’zg’atadi. Privratnikniing me’da shirasi tarkibida xlorid kislotasiz entrogastron gormoni shira ajralishini tormozlaydi. O’n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidan ajraladigan sekretin gormoni me’da va me’da osti bezlari sekresiyasini qo’zg’atadi. O’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasiga yog’ ta’sir etganida ajraladigan entrogastron me’da shirasining tormozlaydi. Siydik tarkibida uchraydigan uragastron gormoni medaning shira ajralishini va harakatini tormozlaydi. 12 barmoqli ichak shilliq pardasidan ajraladigan pankrozimin meda osti bezi shirasi tarkibida fermentlar hosil bo’lishini ko’paytiradi (sekritin meda osti shirasi tarkibida fermentlar sinteziga ta’sir ko’rsatmaydi). 12-barmoqli ichakning shilliq pardasida xolistokinin ishlab chiqiladi, bu gormon o’t xaltasini suyuqlikdan tozalanishini chaqiradi, xuddi shunday xususiyatga ega bo’lgan gormon uroxolissetokinin siydik tarkibida ham mavjud. O’t xaltasining pardasidan antiuroxolisetokinning gormoni ajraladi va u aksincha o’t xaltasining qisqarishini tormozlaydi. 12-barmoqli ichakning shilliq pardasida ingichka ichaklarning buferli qismidagi ichaklar shirasini ajralishini boshqaruvchi duokrin gormoni ajraladi. ekstrokrenin gormoni ichaklar shirasini ajralishini qo’zg’atadi va u ingichka va yo’g’on ichaklarning shilliq pardasida hosil bo’ladi, ingichka ichaklarning shilliq pardasida hosil bo’luvchi valikinin gormoni so’rg’ichlarni qisqarishini qo’zg’atish bilan birga so’rilishni ta’min etadi. Jigar va o’pkada sintezlanadigan geparin qonning ivishini tormozlaydi.
Yurak tomirlar tizimini faoliyatini boshqaruvchi gormonlarga gipertinzin kiradi, u jigarda hosil bo’ladigan gipertinzinogendan hosil bo’ladi va qon bosimini oshiradi. Proteolitik fermentlar qatoriga kiruvchi rinin gormoni ta’sirida buyraklar qon bilan etarlicha ta’minlanmaganidan hosil bo’ladi va qonga chiqariladi hamda passiv holdagi gipertenzinogenni faol gipertenzinogenga aylantiradi.
Ovqat hazm kanalida, trambositlarda va semiz hujayralardan serotinin ishlab chiqariladi. Qaysiki, tomirlarni toraytirib, qon bosimini ko’taradi.
Meda osti bezi shirasining fermenti-tripsin ta’sirida passiv holdagi o’tmishdoshlaridan hosil bo’ladigan kallikrien va vagotinin (boradikinin) qon bosimini pasaytiradi.
Nafas olish organlari mukor diffuziyali endokrin tizimga ega va ular burun, xalqum, kekirdak va bronxlarning shilliq pardasida alohida joylashgan hujayralar sifatida nomoyon bo’ladi.
Ularga K- hujayralar, R-hujayralar neyroepitilial tanachalari va silindrik hujayralari kiradi, hamda ular tomonidan biogenli aminlar ajraladi. Olinayotgan va chiqarilayotgan kislorod hamda karbonot angidrid gazlari ta’sirida bu hujayralar qo’zg’atiladi va serotinin, dopamin, bombizin hamda vozofaol inistinalli polepiptid (VIP) ajraladi.
K-hujayralari tomirlar tonusini kuchaytiruvchi, qon ivishini tezlashtiruvchi, muskul tolalarini charchashini pasaytiruvchi sirotinin gormonini ishlab chiqaradi. Agar bu gormon ko’p bo’lsa bronxlar spazmasi kuzatiladi. Xivchinsiz cho’zilgan bir joyga yig’ilgan hujayralar neyroepitelial tanachalar hosil qiladi. Bular xuddi K-hujayralar singari sirotinin gormonini ajratadi. R-hujayralar, dopamin va bombizin gormonlarini ishlab chiqaradi. Dopamin – noradrenalinning o’tmishdoshi, u bronxlarni kengaytirib nafas olishni engillashtiradi bombizin o’pkada moddalar almashinuvini stimullaydi. Silindrik hujayralar intistenalli polepiptidni (VIP) ajratadi. U kapillyarlarga tushib bronxialalarni silliq muskullariga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi.
Keltirilgan dalillarni ko’rsatishishicha gormonlar va mediatorlar hosil bo’lishi uchun aminokislotalar, vitaminlar va fermentlar zarur ekan. Demak organizmdagi moddalar almashinuvi, o’sish, rivojlanish va funksiyalarga ichki sekresiya bezlari gormonlaridan tashqari, kelib chiqishidan biologik katalizator sifatida mediatorlar, ichki sekresiya bezlaridan tashqarida ishlab chiqariladigan ayrim metabolitlar va gormonlar ham ta’sir ko’rsatadi, u moddalarning ta’siri bir-biri bilan uzviy bog’liq.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin