2. Bola qonining miqdori va funksiyalari Ma’lumki bolalarda va kattalarda qon asosan ikki qismdan iborat bo’ladi. Qonning 55-60%qon plazmasi ya’ni suyuq qism,qolgan 40-45% ini qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elemetlar tashkil etadi.Qonning shaklli elemetlariga qizil qon hujayralari –eritrositlar, oq qon hujayralari –leykositlar va qon plastinkalari-trombositlar kiradi. Qon plazmasi bolaning o’sishi va rivojlanishini ta’min etadi.Shaklli elementlardan eritrositlar qizil ilikda hosil bo’lib,120 kun yashaydi va keyin parchalanib ketadi.Eritrositlarning tarkibida gemoglobin moddasi mavjud bo’lib, u temir moddasidan va globin nomli oqsildan iborat bo’ladi. Eritrositlar organizmda kislorod va karbonat angidrid kabi bir qator gazlarni tashish vazifasini bajaradi,miqdori esa kattalarda 1 mm qonda o’rtacha 5mln.dona atrofida bo’ladi. Agar eritrositlar kamayib kesa, organizmda animeya ya’ni kam qonlik kasali vujudga keladi. Oq qon hujayralari leykositlar esa organizmda 3-5 kungina yashaydi va o’z navbatida o’ta muhim bo’lgan organizmni begona moddalardan himoya qilish ya’ni fagositoz vazifasini bajaradi va ularning miqdori kattalarda 6-8 ming dona bo’ladi. Trombositlar esa organizm jarohatlanib qon oqa boshlaganda tezda to’siq hosil qilib, qon ivishini ta’minlab beradi va miqdori kattalarda 300-400 ming dona bo’ladi.
Tana og’irligiga nisbatan hisoblaganda, chaqoloq qonining miqdori 12-15% ni tashkil (kattaodamlarda o’rtacha 7%) etadi.Bola bir yoshga to’lganida qonning miqdori 10-11% ga teng bo’ladi.Demak, chaqaloq tanasi og’irligining 1kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga 100 ml, katta yoshli odamda 70 ml qon to’g’ri keladi. Bolalarda qon miqdorining ko’pligi organizmning kislorodga bo’lgan yuqori ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bir kunlik chaqaloq qoni hajmining 54% ini shaklli elementlar, 46 % ini plazma tashkil etadi.Balog’atga etish davrida bu ko’rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi.Yangi tug’ilgan bolalarda eritrositlar 1 mm qonda 5 mln.250 ming dona bo’ladi.Chaqaloq eritrositlarining umri qisqa 2-3 kungina bo’ladi.Bola bir yoshga kirganidan so’ng eritrositlar kattalarnikidek 120 kun yashaydi.Chaqaloqda eritrositlar tarkibidagi gemoglobin miqdori kattalarnikidan ko’proq bo’ladi (17-18 g %).Xuddi shuningdek chaqaloqlarda va yosh bolalarda leykositlar, trombositlarning soni,tarkibi ham kattalarnikidan anchaga farq qiladi va voyaga etish davri oldidan kattalarnikiga tenglashadi.Endi qonning funksiyalari haqida quyidagilarni aytish mumkin: 1) Qon organizmda tashuvchanlik vazifasini bajaradi; 2) qon immunitet vazifasini bajaradi; 3) qon organizmni nerv sistemasi bilan birgalikda gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) qon tana haroratini doimiy bo’lishini boshqarishda ishtirok etadi.Bular qonning asosiy vazifalari hisoblanib,bulardan tashqari qon yana bir qator funksiyalarni ham bajaradi.
3.Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari Ma’lumki, yurak odamda qonni tomirlarga xaydab beradigan va tinimsiz ravishda avtomamik tarzda urib turadigan organ hisoblanadi. Yurak to’rt kamerali hisoblanadi ya’ni ikkita o’ng va chap bo’lmachalar xamda o’ng va chap qorinchalardan iboratdir.Chaqaloq yuragining og’irligi 16-24 gr ga teng bo’lib,tana og’irligining 0,68-0,89 % ini tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda yurak erkaklarda 220-300 gr ga, ayollarda 180-220 ga teng bo’lib,tana og’irligining 0,48-0,52 % ini tashkil etadi. Katta odamlarda yurak bir daqiqada 70-72 marta ursa, chaqaloqlarda ancha yuqori ya’ni 120-140 martani tashkil etadi.Bolalarda yurakning o’sishi ikki yoshgacha ancha tez bo’ladi, ikki yoshdan keyin esa sekinlashadi. Bolalar yurak qon- tomir tizimi o’sish va rivojlanish davrida neyrogumoral tizim tomonidan boshqarilib boriladi.Puls- Yurakning qisqarish chastotasi ya’ni puls chaqaloq tug’ilgan kunida bir daqiqada 140 marta, 2-3 oyligidan boshlab, 127 marta, bir yoshdan boshlab, 2 yoshgacha 120 marta, 2-4 yoshgacha 115 marta, 5 yoshda-100 marta, 7-10 yoshda 85-75 marta va nixoyat 14 yoshdan boshlab esa kattalarnikiga tenglashadi ya’ni 70-72 martaga etadi.
4.Qon aylanish tizimi Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat bo’ladi. Kata qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning o’ng bo’lmachasiga kelib qo’yilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish doirasining vazifasi burun bo’shlig’i orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali barcha organ va to’qimalarga tashilib, etkazilib beriladi ya’ni to’qima va hujayralar kislorod bilan ta’minlanadi.O’z navbatida to’qima va organlardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan zaharli,qoldiq gazlar katta qon aylanish doirasi orqali yurakning o’ng bo’lmasiga olib kelinadi. Kichik qon aylanish doirasi –yurakning o’ng qorinchasidan boshlanib,o’pka arteriyasi deb nomlanadigan qon tomiri orqali ikkala o’pkaga boradi.O’pkada mayda qon tomirlari orqali zaxarli gazlar tashqariga chiqarib yuboriladi va kislorodga to’yingan toza qon tomirlarga o’tadi.O’pkada toza qonga aylangan qon o’pka venalari nomli qon tomirlari orqali yurakning chap bo’lmasiga kelib quyiladi va shu tariqa qon aylanish tizimi tinimsiz ravishda tanada aylanib boraveradi. Demak, qon aylanish doiralari organizmni qon bilan ta’minlab turadi. Qonning tomirlarda aylanayotganida albatta qon bosimiga ham e’tibor berish lozim. Qon bosimi kattalarda yuqorisi 110-120 ga pastki chegarasi esa 80-70 ga tengdir. Bolalarda bu ko’rsatkich ham o’z navbatida ancha past ko’rinishga ega bo’ladi. Qon bosimi Karotkov yaratgan tanometr yordamida o’lchanadi .