Simpatik qismi. Vegetativ asab tizimining simpatik qismining markazlari orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida (I-ko’krakdan I-IV -bel) joylashgan. Bu yerda orqa miyaning kul rang moddasining yon shoxlarida neyronlar tanasi yotadi, ularning aksonlari esa orqa miyaning oldingi shoxlari tarkibida ayrim shoxchalar shaklida chiqib simpatik tanaga qarab yo’naladi.
Vegitativ asab tizimining chizmasi. A –parasimpatik qism; B –simpatik qism;
1-ko’z; 2-yosh bezi; 3-nafas yo’llari; 4-jag’ osti bezi; 5-til osti bezi; 6-quloq oldi bezi; 7-yurak; 8-kekirdak; 9-qizil o’ngach, meda; 10-jigar; 11-meda osti bezi; 12-ingichka ichak;
13-yo’g’on ichak; 14-buyrak; 15-siydik pufagi; 16-bachadon.
Simpatik gangliyalar umurtqa pog’onasining har ikki tomonida joylashib ikkita simpatik tana hosil qiladi. Har bir simpatik tana o’zicha alohida-alohida, bir-biri bilan tutashgan nerv tugunlarining zanjiri shaklida ko’rinadi.
Qorovul tana gangliyalarida juda ko’pchilik ganlionaroldi nerv tolalari uziladi. Ammo bu qismning ayrimlari bu yerda uzilmaydi va nerv o’rimlarining tugunlarigacha (uyat, yurak, yuqorigi va pastki charvilar) yetib boradi. Ularda qorovul ustun tugunlarigacha uzilmay o’tuvchi simpatik ganglionaroldi nerv tolalari uziladi.
Simpatik qism odat bo’yicha organizmni barcha organ va to’qimalarini innervasiya qiladi.
Parasimpatik qismi. Markaziy parasimpatik neyronlarning tanasi orqa, uzunchoq va o’rta miyada joylashgan. Orqa miyada parasimpatik nerv hujayralari II-dan IV-chi dumg’aza segmentlarda joylashadi.
Kichik tos organlari devorida ichki tugunlar joylashadi, qaysiki silliq muskullarni va ichaklar faktining pastki qismi bezlarini, siydik chiqaruvchi ichki va tashqi jinsiy organlarni innervasiya qiluvchi ganglionarorti tolalari chiqadi.
Uzunchoq miyadan VII, IX, X va XII bosh miya nervlarining parasimpatik tolalari chiqadi. Uzunchoq miyadan chiquvchi parasimpatik tolalarning asosiy massasi adashgan nervlar tarkibida undan chiqadi. Uning ko’p sonli tolalari bo’yin, ko’krak va qorin organlarini innervasiya qiladi.
O’rta miyaning parasimpatik neyronlari miyaning suv o’tkazgich yo’llari tubida yotuvchi yadrolarni hosil qiladi. Bosh miyaning III-juft nervlari (ko’zni harakatlantiruvchi nerv) tolasi ko’z kosachasining orqasidagi joylashgan kipriklar bo’g’unigacha boradi. Bugundan keyingi tolalar gavharni qisqartiruvchi muskullarni innervatsiya qiladi.
Vegetativ asab tizimining parasimpatik qismining gangliyalari ichki organlarning devorlarida yoki ularning yaqinida joylashadi. Bu parasimpatik asab tizimining asosiy farq qiluvchi xususiyatidir. Ichki organlarning gangliyalari yurakning muskulli devorlarida, bronxlarda, qizil o’ngachda, me’da-ichaklarda, o’t pufagi, siydik pufagi, hamda ichki va tashqi sekretsiya bezlarida joylashgan. Vegetativ asab tizimining ganglionarorti tolalari simpatik tolalardan farqli o’larok kaltadir.