Suyaklarning tuzilishi. Har bir suyak-suyak to’qimalari, suyakusti qatlami, suyak moyi (miyasi), qon va limfa tomirlari hamda nervlardan iborat murakkab organdir.
Yuzalarni biriktiruvchi suyaklardan boshqa suyaklarni hammasi suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu yupqa biriktiruvchi to’qimali po’stloq bo’lib nervlar va tomirlarga juda boy, ular bu pardadan o’tib maxsus teshiklar orqali suyakka kiradi. Suyak usti pardasiga bog’lar va muskullar yopishgan bo’ladi. Suyak usti pardasining ichki qatlami o’suvchi va ko’payuvchi hujayralardan tashkil topgan bo’lib, suyakni yo’g’onlikga o’sishini ta’minlaydi, singan paytlarda –esa ulardan suyak, qadoqlari hosil bo’ladi.
Agarda naysimon suyakni uzun o’qi bo’ylab arralasak yuzasida jips yoki kompakt modda joylashgan, uning tagida esa shimuvchi modda (gubkasimon) – chuqurlikda joylashgan. Kalta suyaklarda, masalan, umurtqalarda gubkasimon moddalar kup buladi. Kompakt moddaning qalinligi turlicha va suyakka tushadigan yukni ta’siriga bog’liq bo’ladi. Gubkasimon (shimuvchi) modda ancha ingichka suyakli turdan hosil bo’ladi. Suyakli turlar parallel chiziqli tayanch kuchlanishiga moslashgan bo’lib, suyakni katta yuk ta’siriga chidamli bo’lishiga imkon beradi.
Suyakni zich qatlami plastinkali tuzilishga ega bo’lib, bir-biriga tegizib, qator qilib qo’yilgan tizimni eslatadi. Bunday tuzilish suyakga qattiqlik va yengillik beradi. Suyak to’qimalarini hujayralari suyak moddasining plastinkalari orasida yotadi. Suyak plastinkasi - bu suyak to’qimasining hujayralar aro moddasidir.
Naysimon suyaklar, tana-diafiz va ikki uchidan yoki epifizlardan tashkil topgan. Epifizlarda tog’ay bilan qoplangan va bo’g’unlarni hosil bo’lishida ishtirok etuvchi bo’g’unlar yuzasi joylashgan. Suyaklar yuzasida do’nglar, do’ngchalar, egatlar, kesmalar, teshiklar joylashgan bo’lib, ularga paylar, muskullar tutashadi yoki nervlar va tomirlar o’tadi.
Suyakning kimyoviy tarkibi.Quritilgan va yog’sizlantirilgan suyak 30 % organik modda, 60 % mineral moddalar va 10 % suvdan tashkil topgan. Suyakning organik moddalari orasida tolali oqsil (kollagen), uglevodlar va ko’plab fermentlar bo’ladi.Suyakning mineral moddalari kalsiy, fosfor, magniy tuzlari, shaklida berilgan bo’lib,ulardan tashqari ko’plab mikroelementlar (alyuminiy, ftor, marganes, qo’rg’oshin, stronsiy, uran, kobalt, temir, molibden va boshq.) ham mavjudligi kuzatiladi.
Voyaga yetgan odam skeletida 1200 g.ga yaqin Ca, 530 g P, 11 g Mg, jamlangan, odam tanasidagi barcha Ca ning 99 % suyaklarda saqlanadi.
Agar suyakni bir necha kunga kislota eritmasiga solib qo’ysak, u o’zining shaklini saqlab qoladi, ammo shunchalik yumshoq bo’lib qoladiki, undan tugun tugish mumkin, chunki uning tarkibida endi Ca tuzlari yo’qoladi. Olovda kuydirilgan suyak organik moddalardan ajraladi, kuyib yo’qoladi va eziladigan-maydalanadigan bo’lib qoladi.
Bolalarning suyak to’qimasida organik moddalar ko’p bo’ladi, ularning skeleti egiluvchan, elastik bo’lganligi sababli juda yengil deformasiyalanadi, uzoq muddatli va og’ir yuk ko’targanda qiyshayib qoladi va tana holatining buzilishi kuzatiladi. Yosh ulg’ayishi bilan suyakdagi mineral moddalarning miqdori ortadi, natijada suyaklar mo’rtlashib qoladi va ko’pchilik holatlarda sinadi.
Organik va mineral moddalar suyakni mustahkam, qattiq va tarang qiladi. Bundan tashqari suyakni mustahkamligini gubkali moddasidagi bosim kuchi va cho’ziluvchanligiga mos holda joylashgan suyaklar xarilarining joylanish tuzilmalari xam ta’minlaydi. Suyak g’ishtga nisbatan 30 marta, granitga nisbatan 2,5 marta qattiq-mustahkamdir. Suyak dubdan ham mustahkam, mustahkamligi bo’yicha qo’rg’oshindan 9 marta ustun turadi va cho’yannikiga teng bo’lgan mustahkamlikga ega.
Odamning son suyagi tik qilib qo’yilganda 1,5 tonnalik yuk bosimiga bardosh bersa, katta boldir suyagi esa 1,8 tonnagacha yukga bardosh beradi.