Oldingi miya. Oraliq va keyingi qismlardan iborat oldingi miyaning – po’stloq va pњstloљ osti bo’limlari- keyingi miyaga, ko’rish bњrtiklari va bњrtakosti bo’limlari – oraliq miyaga taaluqlidir. Oraliq miya, o’rta miya bilan chegaradosh bo’lib, katta yarim sharlar esa yuqoridan va yon tomondan miyaning boshqa bo’limlarini yopib turadi.
Oraliq miya.Odamning oraliq miyasi uchinchi qorincha bo’shlig’ini o’rab turuvchi to’rt qismdan iborat bo’ladi: epitalamus, dorsalli talamus, entralli talamus va gipotalamus qismlardan. Oraliq miyaning asosiy qismi – talamus (ko’rish buragi) (talamus). Bu juft, katta tuxum shaklidagi kulrang moddaning hosilasi. Talamusning kulrang moddasi yupqa oq qatlamlar bilan uch: oldingi, medial va laterial oblastlarga bo’linadi. Har bir bo’lim o’ziga xos yadrolar jamlamasi hisoblanadi. Talamus yadrolari funksiyalarini o’rganish, ayniqsa katta yarim sharlar po’stlog’i hujayralarining faolligi xususiyatlariga ta’sirini o’rganish ularni ikkita spesifik va
nospesifik yadrolar (maxsus va maxsus bo’lmagan) guruhlariga bo’lish imkonini berdi.
Talamusning maxsus yadrolari o’zining tolalari bilan katta yarim sharlar po’stlog’iga yetib boradi va uning sanoqli hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Maxsus yadrolarni yakka elektr ta’sirotchilar bilan ta’sirlaganda po’stloqning unga xos bo’lgan, chegaralangan qismlarida birlamchi javob tariqasida juda tez (yashirin davri 1-6 ms) reaksiya vujudga keladi.
Maxsus bo’lmagan talamus yadrolaridan impulslar katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlariga bir vaqtning o’zida tushadi. Nospesifik yadrolar qo’zg’atilganida po’stloqning to’liq yuzasi bo’ylab diffuziya holatidagi javob reaksiyasi 10-50 millisekunddan keyin yuzaga keladi. Bu paytda po’stloq hujayralarida qayd qilinayotgan potensiallar kattagina latent davrga ega bo’ladi va ularning ko’rinishi sekin-asta ortuvchi yoki susayuvchi to’lqinlar shaklida bo’ladi. Bu qamrab olish reaksiyasidir.
Organizmning barcha reseptorlaridan (hid bilish reseptorlari mustasno) markazga intiluvchi impulslar bosh miyaga yetguniga qadar avval talamus yadrolariga kelib tushadi. Bu yerga ko’rish signallari, eshitish, teri, yuz, gavda, qo’l va oyoqlar reseptorlaridan va proprioreseptorlardan, ta’m bilish reseptori, ichki organlar reseptorlaridan (visseroresentorlar) impulslar tushadi. Bu yerga keyinchalik yarim sharlar po’stlog’ining harakat zonasiga keluvchi miyachadan ham impulslar tushib turadi.
Talamusga tushuvchi axborotlar qayta ishlanadi, o’zlariga mos emosional rang oladi va miyaning katta yarim sharlariga yo’naltiriladi.
Talamus funksiyalarini buyuk tadqiqotchilaridan biri – Uokterning fikricha, talamus o’rtadagi bog’lovchi hisoblanadi, tashqi muhitdan kelayotgan barcha qo’zg’alishlar bu yerda shaklan o’zgartirilib, shunday tarzda po’stloq va po’stloqosti markazlariga organizm doimiy ravishda o’zgaruvchi tashqi muhit sharoitlariga adekvat holda moslasha oladigan darajada yo’naltiriladi.
Talamusning nospesifik yadrolarining roliga to’xtaladigan bo’lsak, talamusning spesifik yadrolaridan kelayotgan impulslar po’stloq neyronlarin faoliyatini yengillashtirgunicha faollashtiradi. Ko’rish bњrtiklari jarohatlanganda his-hayajonni namoyon bo’lishi ko’pchilik holatlarda buziladi, sezish-taktil xarakteri almashinadi. Bunday hollarda hattoki teriga unchalik jiddiy bo’lmagan tovush yoki yorug’lik ta’siri ham kasallarda kuchli og’riq chaqirishi yoki kuchli og’riqli ta’sir ham sezilmasligi mumkin. Bu esa ko’pchilik mualliflarga talamus og’riq sezishni oliy markazi deb hisoblashlariga asos bo’lib xizmat qildi. Ammo, ularda og’riq sezgilarini shakllanishida katta yarim sharlar po’stlog’ining ahamiyati jiddiy ekanligini ko’rsatuvchi ko’pgina eksperimental va klinik ma’lumotlar ham bor.