Normurodova m. A


Yosh fiziologiyasi fani tarixi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə2/72
tarix21.05.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#118447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Normurodova m. A

Yosh fiziologiyasi fani tarixi Yosh fiziologiyasi bo’yicha qadimda ham ko’plab olimlar yirik asarlar yaratishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan, tabobat ilmining yirik vakili – Buqrot eramizdan oldingi IV-asrda «Bola tabiati» haqida deb nomlangan kitob yozgan.IX-X asrlarda esa O’rta Osiyodan etishib chiqqan, Ibn Sino, Beruniy, al Farobiy, Najimitdin Samarqandiy kabi olimlar, Sharqdan Abu Bakr Roziy kabi etuk olimlar o’zlarining tibbiyotga bo’lgan qiziqishlari bilan ajralib turishgan. Jumladan Abu Bakr Roziy «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi» deb nomlangan yirik asarida bola tarbiyasi, bolalar va chaqaloqlarni to’g’ri ovqatlantirish qoidalari haqida so’z yuritilgan.Undan tashqari Roziy «Bolalar kasalliklari» degan asar ham yaratgan. Bobokalonimiz Ibn Sinoning mashxur «Tib qonunlari» asarida bolalarda tomir urushi (puls)ning o’ziga xosligi, bolalar va o’smirlarda ko’p uchraydigan ichki, yuqumli kasalliklar va ularni davolash usullari ko’rsatib o’tilgan.

Yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga rus olimlari ham katta hissa qo’shishgan. Jumladan Filatov N.F, Maslov M.S, Pavlov I.P.,Sechenov I.M. kabi olimlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda O’zbekistonda yosh fiziologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olimlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, S.Sh.Shamsiev,Oripov kabi olimlarimiz yosh fiziologiyasi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirishganlar.

  1. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa barcha tibbiyot va pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Yoshga oid fiziologiya va gigiyena fani o’z faoliyati davomida umumiy gigiyena, umumiy fiziologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, biokimyo, bolalar klinikasi, ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda yutuqlaridan foydalanadi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani pedagogikaga oid qonun-qoidalarni bilish, unga amal qilish bolalar va o’smirlarning o’quv, mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini me’yorlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham hal qilish uchun zarurdir.Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot esa psixologiya va pedagogikaning tibbiy ilmiy asosi hisoblanadi.
O’qituvchilar ta’lim-tarbiya ishlarini yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi fani ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagog bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola organizmining anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Bu bilimlarsiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani va o’quvchi yoshlarni to’g’ri tarbiyalash mumkin emas. Bolaning jismoniy va aqliy ish qobiliyatlarini, uning nimalarga qodir ekanligini bilmasdan, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar, e’tiborga olmasdan turib ta’lim tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin