Bank marketingining maqsadi – kapital bozori talablariga moslashish uchun zarur sharoitlar yaratish, bozorni o’rganish, raqobatbardoshlikni va foydalilikni oshirish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat. Bank marketingining boshqa muhim sohasi qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Bunga kreditlarni shartlaydigan omillarni o’rganish kiradi. Shuning uchun ham bank uchun qarz oluvchining kreditni kredit shartnomasidagi shartlarga mos ravishda qaytarish imkoniyati va shunga tayyorligini o’rganish juda muhimdir. Bank o’z zimmasiga oladigan tavakkal darajasini bilishi, shuningdek, o’zi bera oladigan kredit hajmini hisobga olishi shart. Mijozning kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bankning kredit bo’limi shug’ullanadi. U mijozlar to’g’risidagi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish bilan shug’ullanadi.

Bank marketingining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: banklar uchun alohida qiziqish uyg’otadigan kapital bozoridagi talablarni va uning alohida segmentlarini o’rganish; foizlar siyosatini tahlil qilish; reklama; bank passivlari va aktivlarini kengaytirish; bank faoliyatini rejalashtirish tizimini ishlab chiqish; xodimlarni boshqarish; mijozlarga xizmat qilishni tashkil etish.