Bank marketingining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: banklar uchun alohida qiziqish uyg’otadigan kapital bozoridagi talablarni va uning alohida segmentlarini o’rganish; foizlar siyosatini tahlil qilish; reklama; bank passivlari va aktivlarini kengaytirish; bank faoliyatini rejalashtirish tizimini ishlab chiqish; xodimlarni boshqarish; mijozlarga xizmat qilishni tashkil etish.
Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo’lgan talabni o’rganish, mijozlarni jalb qilish va rag’batlantirish maqsadida tajribalar olib borishgan xolos. Banklarda marketing konsepsiyasi o’tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing strategiyasi, birinchi navbatda bankning o’z mahsulotiga emas, balki mijozlarning aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to’liq o’rganish va ehtiyojlarining o’zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi. Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko’plab iqtisodchilar tomonidan ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, chet el tajribasiga va amaliyotini o’rganib o’zimizga tatbiq qilishimiz joizdir. Negaki ular ayniqsa marketing, bank mrketingida bizdan ancha o’zib ketishgan. Marketing nuqtayi nazaridan aytadigan bo’lsak, bankka mijoz kirib kelishidan toki uning ketishigacha bo’lgan jarayon nazorat ostida o’lganligiga 75% ishonch bera olish mumkin. Buni esa yuksak malakali va katta salohiyat, tajribaga ega bo’lgan kadrlargina amalga oshiradi.