7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASh 43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar Oldingi tahrirga qarang. Notariuslar qonunchilikka binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(43-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 110-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 44-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash Ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki garovga qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga yoki garovga qo‘yuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. (44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash Oldingi tahrirga qarang. Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan va ularning o‘zlari notariusga shaxsan taqdim etgan vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab qilinmaydi.