60-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishning shartlari Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo‘ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib ko‘radi.
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish shartlari Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yo‘qligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 611-modda. Mediator vazifasini bajarish Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi.
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
(611-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) LexUZ sharhi Meros bilan bog‘liq munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi bilan ham tartibga solinadi.