Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. VEKSELNI PROTEST QILISh. ChEKNI TO‘LOVGA TAQDIM ETISh VA ChEKNING TO‘LANMAGANLIGINI TASDIQLASh



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə47/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Документ DOCX

14-bob. VEKSELNI PROTEST QILISh. ChEKNI TO‘LOVGA TAQDIM ETISh VA ChEKNING TO‘LANMAGANLIGINI TASDIQLASh
81-modda. Vekselni protest qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius puli to‘lanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi ko‘rsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi.
(81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lovchining turar joyidagi notarius to‘lovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 807 — 816-moddasi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chekning to‘lanmaganligini unga yozib qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to‘lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo‘yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 814-moddasi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga ko‘ra ijro xatini yozadi.
15-bob. HUJJATLARNI SAQLASh UChUN QABUL QILIB OLISh VA ULARNI QAYTARIB BERISh
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin